
Manba: Google Images
Amerikalik olimlar tadqiqotiga ko‘ra, omega-3 xotirani yaxshilamaydi va Alsgeymer kasalligining oldini olishga yordam bermaydi. Bu haqda CNN xabar berdi.
— Manba: «Daryo» nashri.
Tajribada 55 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan 365 kishi ishtirok etdi. Ularning barchasida omega-3 miqdori o‘ta past bo‘lib, demensiya rivojlanishidan darak beruvchi kamida bitta omil mavjud edi. Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘lindi. Bir guruh platsebo, ikkinchisi esa omega-3 ning yuqori dozasini qabul qildi.
Tadqiqot ikki yil davom etdi. Turli bosqichlarda ishtirokchilar MRT tekshiruvidan o‘tib, qon tahlillarini topshirdi.
“Aslida omega-3 qo‘shimchalarini qabul qilganlar bilan platsebo ichganlar o‘rtasida hech qanday sezilarli farq kuzatilmadi”, dedi shifokorlardan biri.
Qo‘shimchalar jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaydigan, surunkali kasalliklar alomatlari bo‘lgan va ortiqcha vaznga ega odamlar uchun juda kam foyda keltiradi.
“APOE4 genetik variantining bir yoki bir nechta nusxasiga ega bo‘lgan odamning qonida omega-3 miqdori past bo‘lsa ham, agar sog‘lom bo‘lsa, haftasiga ikki marta yog‘li baliq va qo‘shimcha tarzda yuqori sifatli omega-3 iste’mol qilish orqali o‘zini Alsgeymer kasalligi va demensiyadan himoya qila oladi”, deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, agar odamlar ushbu tadqiqot ishtirokchilari kabi nosog‘lom turmush tarzini kechirsa, qo‘shimchalarning o‘zi yordam berolmaydi.20

