
Koreya universitetining Anam universitet klinikasi oshqozon-ichak jarrohligi bo‘limi professori Pak Son Su oshqozon saratoni rivojlanishi xavfini oshiruvchi asosiy omillarni sanab o‘tdi.
— Manba: «Daryo» nashri.
Mutaxassisga ko‘ra, Helicobacter pylori bakteriyasi, chekish, spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish hamda tuzi ko‘p mahsulotlarni tez-tez yeyish kasallik xavfini oshiradi.

Foto: Unsplash
Tadqiqotlarga ko‘ra, Helicobacter pylori bakteriyasi oshqozon saratoni xavfini qariyb ikki baravar oshiradi. Shuningdek, spirtli ichimliklar, marinadlangan mahsulotlar va chekish ham xavf omillari qatoriga kiradi.
Foto: Google Images
Mutaxassis qizil go‘sht, kolbasa kabi qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari, yog‘li sut mahsulotlari va tozalangan don mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilish ham salomatlik uchun zararli ekanini ta’kidladi.

