Источник: Google Gemini
Kuz mavsumida tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan D vitaminiga boy mahsulotlar

Salomatlik uchun muhim bo‘lgan D vitamini nafaqat metabolizm, balki suyaklar va miya faoliyati uchun ham foydali hisoblanadi.

 — Манба:  «Daryo» нашри.

Uning yetishmovchiligi natijasida organizmda bir qancha kasalliklar kuzatiladi. Issiq mavsumda ushbu vitaminni quyosh nuridan olish mumkin bo‘lsa, kunlar salqinlashgani sari kunlik ehtiyojni qoplash uchun “quyosh vitamini”ga boy mahsulotlar iste’mol qilish kerak.

Qo‘ziqorin

Foto: “Yedim doma”

100 gramm qo‘ziqorinda kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan D vitamini manjud. Shu sabab mazkur mahsulotdan taom tayyorlash, salat yoki sendvichga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Losos

Foto: “Yedim doma”

Losos balig‘i D vitaminining manbayi hisoblanadi. Organizmda “quyosh vitamini” me’yorda bo‘lishi uchun hafta davomida ikki marta losos iste’mol qilib turish kerak.

Tuxum​

Foto: Yandex

Bir dona tuxumda D vitamini kunlik me’yorining 4 foizi bo‘lgani sabab birgina uning o‘zi bilan kunlik ehtiyojni qoplab bo‘lmaydi, ammo qo‘shimcha sifatida iste’mol qilish mumkin. Tuxumdan tayyorlangan nonushta eng foydali variantlardan biri.​

Pishloq​

Foto: Yandex

100 gramm pishloqda D vitamini kunlik me’yorining 3 foizi mavjud. Pishloqni muntazam iste’mol qilish insultga chalinishning oldini oladi hamda yurak qon-tomirlarning salomatligini ta’minlaydi.

author info

Asila Aliboyeva

От qwert.uz