Vitaminlarga boy sabzavotlar va pishloqdan tayyorlanadigan ushbu taom yoqimli ta’mga ega. Unga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin.
— Manba: «Daryo» nashri.
Kerakli masalliqlar:
- baqlajon — 3-4 dona
 - tuz — ta’bga ko‘ra
 - o‘simlik yog‘i — 4 qoshiq
 - sabzi — 1-2 dona
 - bulg‘or qalampiri — 1 dona
 - piyoz — 2 dona
 - murch — ta’bga ko‘ra
 - pomidor qaylasi — 1-2 qoshiq
 - suv — 100-150 ml
 - tovuq qiymasi — 300 g
 - qattiq pishloq — 80 g
 
Tayyorlanishi:
- Baqlajonni uzunligi bo‘ylab ingichka qilib kesib oling. Tuz seping va 5-10 daqiqaga qoldiring, keyin yuving va qog‘oz sochiq bilan quriting.
 - Qizdirilgan idishga 2 qoshiq o‘simlik yog‘ini soling va baqlajonning har tomonini aylantirib 2-3 daqiqa davomida qovuring.
 - Sabzini kattaroq tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Bulg‘or qalampiri va 1 ta piyozni mayda qilib to‘g‘rang. Ularni 4-5 daqiqa davomida qovurib tuz va qalampir qo‘shing. Qovurilgandan keyin pomidor qaylasi qo‘shib suv bilan aralashtiring.
 - Ikkinchi piyozni maydalab, qiyma bilan aralashtiring. Unga ham tuz va qalampir qo‘shing.
 - Baqlajonning har bir bo‘lagiga qiyma soling va uni o‘rab oling.
 - Baqlajonni pishiriladigan idishga soling va ustidan sous quying.
 - Mikroto‘lqinli pechda 25-30 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishiring. Tayyor bo‘lishidan 5 daqiqa oldin ustiga maydalangan pishloq seping.
 
Yoqimli ishtaha!
