Deyarli har bir kishi ko‘p ovqatlanish holatiga duch keldi, ammo ochlik tark etmaydi. Ba’zida bu hodisaning orqasida qanday sirli kasallik borligini bilish istagi paydo bo‘ladi. Lekin aslida bu iste’mol qilingan mahsulot bilan bog‘liq. Hamma mahsulotlar ham uzoq vaqt davomida to‘qlikni his qilishga yordam bermaydi, deb yozadi Marie Claire.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Marie Claire

Kam yog‘li yogurt

Foto: Marie Claire

To‘qlik nuqtai nazaridan, uzoq vaqt chaynash mumkin bo‘lgan mahsulotni tanlash oqilona fikr. Bu uzoqroq vaqt davomida to‘q bo‘lishga yordam beradi. Ammo yog‘siz yogurt bunday ta’sir ko‘rsatishi dargumon. Bundan tashqari, kam yog‘li yogurtda ko‘pincha qondagi qand miqdorini oshiradigan ta’m beruvchilar mavjud.

Mevali smuzi

Foto: Marie Claire

Mevali smuzi

Smuzi tarkibida oqsil yoki sabzavotlar bo‘lmasa, bu shunchaki fruktoza hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, mevali smuzi ichish orqali uzoq vaqt davomida to‘qlikni his qilib bo‘lmaydi. Qolaversa, qondagi qand miqdorining oshishi, keyin uning keskin pasayishi va ochlik hissining paydo bo‘lish ehtimoli ko‘proq.

Tuxum oqi

Foto: Marie Claire

Agar kaloriyani kamaytirish uchun tuxum sarig‘idan voz kechish kerak bo‘lsa, shuni yodda tutish kerakki, to‘qlikni his qilib bo‘lmaydi. Tuxum sarig‘i organizm hujayralarini qurish uchun foydalanadigan aminokislotalar tufayli tabiiy ravishda to‘liq oqsil hisoblanadi. Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tuxum tarkibidagi to‘yingan yog‘lar va xolesterin miqdori organizmga zarar yetkazishi ehtimoldan yiroq emas.

Nonushta uchun quruq va sun’iy ta’m beruvchilar 

Foto: Marie Claire

Sun’iy ravishda ishlab chiqarilgan ovqatlar qonda shakar miqdoriga ta’sir qilishi mumkin va yana ular ko‘proq yeyishga majbur qiladi, ammo baribir ochlik hissi tark etmaydi. Sababi shirin ta’mdan bahramand bo‘lganda, organizm qoniqish hissini sezmaydi va ochlik tuyg‘usini keltirib chiqaradigan kaloriyalarni saqlashda davom etadi.

Kruassanlar

Foto: Marie Claire

Yumshoq kruassanlar bir chashka qahva yoki apelsin sharbati bilan romantik nonushta uchun juda mos keladi. Biroq bunday yegulik, afsuski, uzoq vaqt davomida to‘qlik tuyg‘usini ta’minlamaydi. Kruassan tarkibida juda kam sog‘lom oziq moddalar mavjud, oq un va yog‘ miqdori esa yuqori. Xuddi shu narsa bulochkalarga ham tegishli,  ularning kaloriyasi yuqori, ammo qorinni to‘q tutmaydi.

Tuzli gazaklar

Foto: Marie Claire

Bu kabi gazaklar tuzga boy, kletchatka va oqsildan mahrum, shuning uchun ularni ko‘p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Oqsil va kletchatkaning yetishmasligi gazakning uglevodlarga boyligini anglatadi, bu qonda shakarning muqarrar ravishda ko‘tarilishiga olib keladi. Ushbu gazaklardagi yuqori tuz miqdori suvsizlanishga olib keladi va bir stakan suv ichish yana ko‘proq gazak yeyishga majbur qiladi.

Kartoshka fri

Foto: Marie Claire

Qovurilgan yoki qaynatilgan kartoshka ochlikni boshqa ovqatlarga qaraganda yaxshiroq qondiradigandek tuyilishi mumkin, ammo yog‘da qovurilgan kartoshkaga tuz sepilsa, teskari natijaga erishiladi. Qolaversa, kartoshka frida oddiy kartoshkaga qaraganda ko‘proq yog‘ va tuz mavjud bo‘lib, bu sog‘liq uchun xavf tug‘diradi.

Guruch

Foto: Marie Claire

Oddiy oq guruch qondagi qand miqdorini ko‘tarib, keyin uni pasaytiradi va ochlik hissini paydo qiladi. Agar ortiqcha ovqatlanishni xohlamasangiz, jigarrang guruchni tanlang — bu qonda shakarning keskin o‘zgarishiga olib kelmaydi.

Oq non

Foto: Marie Claire

Oq nonda kletchatka yoki ozuqa moddalari mavjud emas. Eng yaxshi yechim, albatta, donga asoslangan nonni iste’mol qilishdir va bu borada juda ko‘p tanlov mavjud: bug‘doy, javdar va hatto donli kombinatsiyalar.

Konservalangan sho‘rva

Foto: Marie Claire

Konservalangan sho‘rvalar ko‘pincha boshqa taomlarga qaraganda ko‘proq natriyni o‘z ichiga oladi. Ko‘rinishidan zararsiz bo‘lgan mahsulotdagi natriy ko‘proq iste’mol qilish istagini keltirib chiqaradi. Shuning uchun do‘kondan sotib olingan sho‘rva ochlikni samarali va xavfsiz qondirish uchun deyarli mos kelmaydi.

От qwert.uz