Velosport — yoqimli va foydali mashg‘ulotlardan biri. U nafaqat ekologik jihatdan toza transport turi, balki uzoq umr ko‘rish garovidir. Velosipedda sayr qilish sizga ajoyib kayfiyat va energiya bag‘ishlaydi hamda ozishda yordam beradi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

“Belnovosti” nashri shifokor endokrinolog Zuhra Pavlova ma’lumotlariga tayanib muntazam velosipedda uchishning salomatlikka ta’siri haqida xabar berdi.

Foto: Getty Images

Velosipedda qanchalik tez-tez uchish lozim?

Haftasiga 1,5-2 soat davomida velosiped haydash butun tananing umumiy salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi: yurak kasalliklarini ilk bosqichida aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, nafas olish va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Hatto sekin-asta velosipedni haydash ham stenokardiyaga chalinish xavfini 16 foizga kamaytiradi.

Velosipedda sayr qilishning afzalliklari:

  • velosipedda do‘stlar va yaqinlar bilan sayr qilish depressiyaga chalinishdan himoya qiladi. Buning uchun haftasiga 3-5 marta o‘rtacha 45 daqiqadan haydash mumkin;
  • velosiped haydash umrni uzaytiradi va hujayralar qarishini sekinlashtiradi. Buning uchun haftasiga o‘rtacha 1 soat velosiped haydash kifoya;
  • haftada 3 marta 45 daqiqadan velosiped uchish bosh og‘rig‘idan xalos etadi va migren kasalligi rivojlanish xavfini kamaytiradi.

От qwert.uz