Yashil loviyaning qanday foydali xususiyatlari bor?

Yashil (qo‘zoqli) loviya — ratsiondan o‘rin olishi shart bo‘lgan dukkakli mahsulotlarning eng foydali turi hisoblanadi. XVIII asrda ilk bor pazandachilikda foydalanilgan ushbu mahsulotning qanday xususiyatlari bor ekani haqida Harper’s Bazaar nashri ma’lumot berib o‘tadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Harper’s Bazaar

Yashil loviya vitamin va minerallarning koni sanaladi. Bundan tashqari, loviya tabiiy antioksidant hisoblangan C vitaminiga boy. Organizmni zararli radikallardan himoya qiladi, yallig‘lanish jarayonlarining oldini oladi, kollagen ishlab chiqarilishining oldini olib, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Ushbu mahsulot, shuningdek, asabdan boshlab tayanch-harakatgacha bo‘lgan barcha tizimga ijobiy ta’sir qiladigan А, Е va К vitaminlarini o‘z ichiga oladi.

Kletchatka, foliy kislotasi, magniy va kaliyning umumlashmasi hisobiga yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oladi. Unda C vitaminining yaxshi singishiga yordam beradigan temir moddasi serob bo‘ladi. Tarkibidagi fitonutriyentlar qondagi qand miqdorini nazorat qilib, ikkinchi darajali qandli diabetning rivojlanish xavfini kamaytiradi. Undagi arginin moddasi xuddi insulin singari ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi xususiyatlarga ega ekanidan tashqari kaloriyasi kamligi hisobiga vazn tashlashni istaganlar uchun eng yaxshi mahsulot sanaladi.

Kletchatka miqdori ko‘pligi sabab uzoq vaqt qorinni to‘q tutadi, ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi. Oziqlantiruvchi modda mujassam ekani sabab esa ichaklar salomatligini yaxshilaydi.