To‘g‘ri tanlangan parhez teriga xuddi losyon, krem va massaj singari ijobiy ta’sir qilishi mumkin. “Go‘zallik parhezi” kitobi muallifi Devid Vulfning aytishicha, kundalik ratsionga ma’lum mahsulotlarni kiritish orqali terining yaltirashi, sog‘lom va go‘zal bo‘lishiga erishish mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”

Uning fikricha, avokado, kinoa va kakaodan tashqari, antioksidantlarga va “super-yog‘lar”ga boy mahsulotlarni iste’mol qilish kerak. Yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar va qarishni oldini olishda ahamiyatli bo‘lgan aloy va zarchava ham eng samarali mahsulotlar sanaladi. Shuningdek, parhezdan ma’lum minerallar — birinchi navbatda magniyning o‘rin olishi mumkin. Parhezshunos tarkibida tirnoq, soch va terini mustahkamlaydigan minerallar bisyor ekani sabab ham bulg‘ori qalampiri, bodring va pomidorni kanda qilmaslikni tavsiya qiladi.

Bundan tashqari, to‘qimalarning elastikligini saqlab, regeneratsiya bo‘lish xususiyatini oshiradigan oltingugurt ham go‘zallik uchun zarur bo‘lgan minerallardan biri. Aynan shu sabab ham parhezshunoslar ushbu mineralning koni bo‘lgan tuxum, kundalik ratsiondan o‘rin olishi kerakligini ta’kidlaydi.

От qwert.uz