Ellik yoshdan oshgan insonlarga har kuni iste’mol qilish tavsiya etiladigan 9 mahsulot

Yosh o‘tishi bilan salomatlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi, odam faol bo‘lgani bilan metabolizm yomonlashishi sabab holsizlik kuzatilishi mumkin. “Domashniy ochag” nashri 50 yoshdan keyin salomatlikni saqlash uchun qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”

Loviya

Ikkinchi darajali qandli diabet, xolesterin miqdorining oshishi, oshqozon kasalliklari – bularning bari 50 yoshdan keyin boshlanishi mumkin. Ushbu kasalliklar xavfini kamaytirish uchun loviya yeyishni kanda qilmaslik kerak. Istalgan yoshda, ayniqsa ellikdan keyin tanqisligi kuzatiladigan kletchatka ushbu mahsulotda bisyor bo‘ladi.

Pomidor

Mazali va qip-qizil pomidor ajin tushishining oldini oladi. Unda terini shikastlanishlardan himoya qilib, erta ajin tushishini oldini oladigan antioksidantlar ko‘p bo‘ladi. Shuningdek, pomidorlar o‘pka uchun foydali hisoblanib, nafas olish bilan bog‘liq muammolarni yengillashtiradi. Yosh o‘tishi bilan pnevmoniya xavflari ko‘payishini inobatga olib, pomidorni yeyishni kanda qilmaslik kerak.

Lavlagi

Lavlagi energiya, miya faoliyati va yurak salomatligini yaxshilash xususiyatga ega. Undagi alohida modda arterial qon bosimni kamaytirib, qon tomirlarni kengaytiradi. Bu esa 50 yoshdan keyin erkak va ayollarda uchraydigan yurak kasalliklari va insult xavfini me’yorlashtirishda ahamiyatli sanaladi.

Kungaboqar pistasi

Terining yosh va go‘zalligini saqlash uchun pista yeyishni kanda qilmaslik kerak. Pista tarkibidagi E va C vitamini qarishning asosiy sababi hisoblangan zararli radikallar bilan kurashishga yordam beradi. Pistani salatga qo‘shib iste’mol qilish yoki shunchaki chaqish tavsiya qilinadi.

Pekan yong‘og‘i

Ushbu yong‘oqda yurak salomatligi uchun muhim bo‘lgan yog‘lar, flavonidlar bisyor bo‘ladi. Kuniga bir nechta yong‘oq iste’mol qilib yurak kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytirish mumkin.

Sut mahsulotlari

Mushaklar massasining birdaniga kamayishining oldini olish uchun tarkibida oqsil bisyor bo‘lgan mahsulotlar, xususan, sut mahsulotlarini yeyishni kanda qilmaslik kerak. Shu sabab ham kunlik taomnomadan yogurt, kefir va tvorog o‘rin olishiga e’tibor qaratish kerak. Qolaversa, sport bilan shug‘ullanishni ham yo‘lga qo‘yish kerak.

Qo‘ziqorin

Menapauza vaqti ayollarda suyaklar mo‘rtlashishi kuzatiladi. Bu bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun esa D vitaminiga boy qo‘ziqorinni kanda qilmaslik kerak. Qo‘ziqorinni nafaqat yoz, balki “quyosh” vitaminiga ehtiyoj yuqori bo‘lgan qish faslida ham iste’mol qilish kerak.

Olxo‘ri qoqi

Olxo‘ri qoqi ham suyaklar salomatligi va mustahkamligi uchun foydali bo‘lgan mahsulotlardan sanaladi. Kun davomida 5-6 donasini yeyish suyaklar massasining kamayishi bilan bog‘liq muammoning oldini oladi.

Tuxum

Istalgan yoshda foydali hisoblangan tuxumni, ayniqsa, ellikdan keyin doimiy ravishda iste’mol qilish kerak. Uni muntazam ravishda yeyish miya salomatligini mustahkamlaydi, keksayganda kognitiv qobiliyatlarni saqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, tuxum mushaklar massasi uchun muhim bo‘lgan oqsilning koni ham sanaladi. Shu sabab ham kunni tuxumdan tayyorlangan omlet bilan boshlash tavsiya qilinadi.