Albatta, har bir odam tomoq og‘rig‘iga duch keladi, takroriy tomoq og‘rig‘i va tez-tez shamollashni shunchaki immunitet tizimining zaiflashishi natijasi deb o‘ylashi mumkin. Ammo bu zararsiz ko‘rinadigan alomat jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
— Manba: «Daryo» nashri.
Foto: Pinterest
Bodomchasimon bez immunitet tizimining ajralmas qismidir. Uning asosiy vazifasi organizmga potogen bakteriya va viruslar kirishidan himoya qilishdir.
Surunkali tonzillit — bu bodomchasimon bezlarda uzoq davom etadigan infeksion yallig‘lanish jarayoni.
Keltirib chiqaruvchi omillar:
- o‘tkir respirator virusli va bakteriyali infeksiyalar;
- tishlarda kariyes;
- og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari;
- immunitet tizimining pasayishi.
Belgilari:
- tomoq va tanglay orqa qismining qizarishi;
- bodamchasimon bezlarning kattalashishi;
- bodomchasimon bezda yiringli tiqinlar paydo bo‘lishi;
- pastki jag‘ ostidagi limfa tugunlari kattalashadi va paypaslaganda og‘riq beradi.
Surunkali tonzillit davrida tomoqda og‘riq, qichishish, narsa turgandek bo‘lishi, og‘izdan hid kelishi mumkin.
Аsoratlari:
- revmatizm – biriktiruvchi to‘qmalarga zarar yetkazadigan tizimli yallig‘lanish, ko‘pincha yurak klapanlari zararlanishi natijasida yurak kasalligi kelib chiqishi.
- revmatoid artirt – bo‘g‘imlarning autoimmun kasalligi;
- glomerulonefrit – buyrak kasalligi bo‘lib, buyrak qurishiga olib kelishi;
- tireoidit – qalqonsimon bez kasalligi.
Surukali tonzillitni davolash:
Lor shifokori kuzatuvi va tavsiyalari asosida bajarish kerak.
Dori-darmonlar bilan davolash:
- antiseptiklar bilan bodomchasimon bezlarni yuvish, tomoqni chayish;
- organizimni immun tizimini rag‘batlantiruvchi dori-darmonlar;
- organizimni chiniqtirish, sog‘lom turmush tarzi;
- surunkali tonzillit davrida antibiotiklar qabul qilish.
Davolash natija bermasa, tez-tez qaytalanaversa, asoratlar qo‘shilsa, jarrohlik usuli bilan, ya’ni tonzilloektomiya – bodomcha bezlarni olib tashalash amalga oshiriladi.
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.