Darhol voz kechilmasa, salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib keladigan 7 odat

Sog‘lom bo‘lish uchun qaysi zararli odatlardan voz kechish tavsiya qilinishi haqida Grazia nashri ma’lumot berib o‘tadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Grazia

Tibbiy ko‘rikdan o‘tmaslik

Birinchi tibbiy-sanitar yordam yoki ko‘rikdan o‘tish uchun shifokorga murojaat qilmaslik salomatlik bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi eng katta xavfli qadamlardan hisoblanadi. Masalan, o‘z vaqtida skrining qildirmaslik endi boshlanayotgan yo‘g‘on ichak va prostata saratonining xavfli bosqichga otib ketishiga olib keladi. Qolaversa, o‘z vaqtida tekshirilmasa va ko‘rikdan o‘tilmasa, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ko‘p o‘tirish

Semizlik va kam harakatlilik salomatlik uchun xavfli hisoblanadi. Ortiqcha vazn gipertoniya, ikkinchi darajali qandli diabet, yurak ishemik kasalliklari, artrit, apnoye va aterosklerozga olib keladi. Kun bo‘yi o‘tirib vaqt o‘tkazish oqibatida odam semirib ketadi, bu esa yosh o‘tganda kalsiy yo‘qolishiga olib keladi.

Uyqu bilan bog‘liq muammolar

Uyquning chala yoki yetarli bo‘lmasligi salomatlik bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Yurak xuruji, semirish, qandli diabet va endokrinologik kasalliklar shular jumlasidan.

Tavsiyaviy parhezga rioya qilmaslik

Shifokor tomonidan tavsiya qilingan parhezga rioya qiling. Yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammosi bor bemorlarning parhez qilmasdan, natriy miqdorini me’yordan oshirib yuborishi turli asoratlar va muammolarga olib kelishi mumkin. Shuning singari qandli diabetdan aziyat chekadigan bemorlarning shakardan tiyilmasligi giperglikemiyaga sabab bo‘lishi mumkin.

Tishlar salomatligi haqida qayg‘urmaslik

Tishlarning ahvoliga e’tiborsiz bo‘lish nafaqat tashqi ko‘rinishga yomon ta’sir qilishi, balki og‘izdan badbo‘y hid anqishiga sabab bo‘ladi. Bu shuningdek turli infeksiyalarni keltirib chiqaradi.

Emlanmaslik

Hamisha emlanish bilan bog‘liq grafikka amal qiling. Emlanishdan voz kechish ko‘plab kasalliklarning kelib chiqish xavfini orttiradi.

Chekish

Chekish saratondan tashqari, yurak ishemik kasalliklari, ateroskleroz, buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya va insult xavfini orttiradi. Chekishni kanda qilmaslik suyaklarning mo‘rtlashishi, osteoporozga olib keladi. Natijada oddiy harakatlarni deb ham umurtqa sinishi mumkin.