Ananas C vitaminining manbai bo‘lib, atigi bir stakan yangi ananas sharbati kundalik ehtiyojdan ham ko‘proq foydani o‘z ichiga oladi. C vitamini organizmda immunoglobulin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, uning viruslar va kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga qarshi tabiiy himoyasini kuchaytiradi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Bu vitamin teri uchun juda foydali: u tabiiy kollagen ishlab chiqarishga yordam beradi, qarishning belgilarini kamaytiradi va teri ko‘rinishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, C vitamini kuchli tabiiy antioksidantdir. Flavonoidlar bilan birgalikda u tana hujayralarini erkin radikallarning shikastlanishidan himoya qiladi, yallig‘lanishni kamaytiradi va yurak-qon tomir kasalliklari va Alsgeymer kasalligi kabi turli surunkali kasalliklarning oldini oladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Tropik mevalar ham marganesga juda boy. Bu suyaklarni sog‘lom va mustahkam saqlash uchun zarurdir. Oregon universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, organizmdagi yetarli marganes osteoporoz xavfining kamayishi bilan bog‘liq. Agar muntazam ravishda ananas iste’mol qilinsa, bu mineralning yetishmasligi haqida tashvishlanish shart emas, bir stakan yangi meva kunlik qiymatning taxminan 78 foizini o‘z ichiga oladi.

Ananas tanada yog‘ erishiga yordam beradi, degan ma’lumotlar mavjud. Mevaning bu xususiyati to‘liq o‘rganilmagan, shuning uchun olimlar hali buni aniq tasdiqlab yoki rad eta olmadi. Hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ananasdagi bromelayn fermenti organizmdagi yog‘larning parchalanishini tezlashtiradi, ammo tadqiqotlar hali ham yetarli emas. Shuningdek, bromelaynning yana bir foydali xususiyati haqida hech qanday shubha yo‘q: u ovqat hazm qilish jarayonlarini samarali rag‘batlantiradi, oqsillarni yanada faol parchalanishiga yordam beradi. Shuning uchun go‘shtli taomlarga ko‘pincha ananasli sous qo‘shiladi, sababi ular bilan og‘ir ovqatlarni hazm qilish osonroq bo‘ladi.

Ananasning isbotlangan yog‘ eritish ta’siri bo‘lmasa-da, uni vazn ortmasligiga rioya qilgan har bir kishining ratsioniga qo‘shish kerak. Chunki sitrus mevaning kaloriyasi past, kletchatka, vitamin va minerallarga boy. Ananas salat, go‘shtli taom, shirinliklarga qo‘shilishi yoki mustaqil ravishda iste’mol qilinishi mumkin. Bundan tashqari, u konservalanganda deyarli foydali xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Asosiysi, qo‘shimcha uglevodlarni iste’mol qilmaslik uchun mahsulotni shakarli siropini emas, balki tabiiy sharbatini tanlash kerak.

От qwert.uz