Kunlik ratsiondan o‘rin olishi shart bo‘lgan foydali mahsulotlar

Organizm uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni, albatta, kundalik ratsionga kiritish tavsiya etiladi, deb yozadi Marie Claire.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Marie Claire

Karam

Foto: Marie Claire

Oq karamdan gulkaramgacha, brokkoli va Bryussel karamlari ham organizmdan toksinlarni chiqarib tashlashda asosiy komponent bo‘lgan sulforafanni o‘z ichiga oladi.

Sarimsoq

Foto: Marie Claire

Aromatik xususiyatlarga qaramay, u yuqori antivirus va antibakterial faollikka ega, immunitetni yaxshilaydi va avitaminozga qarshi kurashadi. Bir hafta davomida kuniga ikki bosh sarimsoq iste’mol qilish detoks ta’sirini ta’minlaydi.

Lavlagi

Foto: Marie Claire

Vitamin, mineral, bioflavonoid va antioksidantlar manbai. Xolesterinni kamaytirishga, metabolizmni va qon holatini yaxshilashga yordam beradi, minimal kaloriya miqdorini o‘z ichiga oladi.

Shifobaxsh giyohlar qo‘shilgan choylar

Foto: Marie Claire

Ba’zan barcha ichimlikar o‘rniga shunchaki ko‘k choyga ichish istagi paydo bo‘ladi. Choyga maydalangan zanjabil ildizi qo‘shilsa, uning detoksifikatsiya qiluvchi xususiyatlarini oshiradi.

Ismaloq

Foto: Marie Claire

U ichaklar, oshqozon osti bezi funksiyalarini tiklaydi, ko‘rishning yoshga bog‘liq yomonlashishiga qarshi turadi, organizmdan toksinlarni chiqarib tashlaydi.

Goji mevalari

Foto: Marie Claire

Tibetning mo‘jizaviy rezavori foydali mahsulot bo‘lib, vitamin, mineral aminokislota va polisakkaridlarga boy. Uning yangi yoki quritilganini iste’mol qilish mumkin.

Pomidor

Foto: Marie Claire

Pomidor rangi antosiyaninlarning ko‘pligi bilan bog‘liq. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pomidor iste’mol qilinganda organizmning tabiiy tozalash jarayoniga erishish mumkin. Qolaversa, saraton hujayralariga yuqori qarshilik kuzatiladi.

Artishok

Foto: Marie Claire

Metabolizmni yaxshilash, jigarni tozalash va xolesterinni kamaytirish xususiyatlari bilan mashhur.