Qalqonsimon bez — bo‘yinda joylashgan bu kichik “kapalak” organizmdagi deyarli barcha muhim jarayonlarni nazorat qiladi. U o‘z vazifalarini qanchalik yaxshi bajara olishi baquvvat, tetik va sog‘lom bo‘lish bilan bog‘liq. Afsuski, qalqonsimon bezning faoliyatini buzish juda oson, shu jumladan eng zararsiz odatlar yordamida, deb yozadi “Noviy ochag”.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Stressga qarshi kurashmaslik

Stress gormoni — kortizol salomatlikning haqiqiy dushmanidir. Agar muntazam yoki uzoq muddatli stress yuz bersa, bu jada ham xavflidir: chunki vahimaga tushish va xotira buzilishi rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, surunkali stressga duchor bo‘lish natijasida qandli diabet rivojlanishi xavfini oshiradigan tadqiqotlar mavjud. Shuning uchun uni nazorat ostida ushlab turish va xotirjam bo‘lish yo‘llarini topishni o‘rganish juda muhimdir.

Yog‘larni ratsiondan chiqarish

Sog‘lom mono to‘yinmagan yog‘lar organizm uchun zarurdir va ular kundalik ratsionda bo‘lishi kerak. Aks holda, qalqonsimon bez ishlash uchun yetarli moddalarni ololmaydi va uning sog‘lig‘i xavf ostida qoladi. Yog‘li baliq, yong‘oq, avokado, zaytun yog‘i, tuxum, sut mahsulotlari — bularning barchasi muntazam ravishda dasturxonda bo‘lishi kerak.

Juda ko‘p soya iste’mol qilish

Soya sog‘lom mahsulotdir va me’yorda iste’mol qilish sog‘liq uchun juda foydali bo‘lishi mumkin. Ammo uni ratsionning asosiy qismiga aylantirganlar gipotireozni rivojlantiradi, natijada qalqonsimon bez yetarli darajada gormonlar ishlab chiqarmaydi. Gap shundaki, soya qalqonsimon bezning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan yodni organizmga singdirishga imkon bermaydigan mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun uni ko‘p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Karam, turp va sholg‘om

Karam, turp, sholg‘om organizm uchun surunkali ravishda yetishmaydigan vitamin va kletchatkaga boy juda foydali sabzavotlardir. Ammo ushbu sabzavotlardan juda ko‘p iste’mol qilinsa, sog‘liq xavf ostida qolishi mumkin: tadqiqotlar butguldoshlar oilasiga mansub sabzavotlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish va bo‘qoq rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi. Bu sabzavotlarda ko‘p bo‘lgan glyukozinolatlar bilan bog‘liq va ular kasallikning rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin.

Chekish

Tamaki qalqonsimon bez gormonlarini ishlab chiqarishni oshiradi va gipertireozga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, tamaki tutuni tarkibidagi zaharli moddalar yodning normal so‘rilishiga xalaqit beradi, bu ham oxir-oqibat qalqonsimon bez kasalliklariga olib keladi.

Yengil uglevodlar iste’mol qilish

Yuqori glikemik indeksli mahsulotlar — shirinlik, tez tayyorlanadigan makaron va guruch organizmning yodni singdirish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Ushbu elementning yetishmasligi qalqonsimon bezning holatiga yomon ta’sir qiladi va turli kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, murakkablarining hisobiga yengil uglevodlardan voz kechish tavsiya etiladi: bu vaznga ham, sog‘liqqa ham foyda keltiradi.

От qwert.uz