Turmush tarzidan tashqari, har kuni amalga oshirilgan odatlar sog‘liq, jumladan, immunitet tizimining holati uchun zararli bo‘lishi mumkin. Marie Claire nashri ulardan bir nechtasini sanab o‘tdi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Marie Claire

Immunitet o‘ta murakkab tizim bo‘lib, u organizmni virus va patogenlar ta’siridan himoya qiladi, shuningdek, o‘zining eskirgan yoki nuqsonli hujayralaridan qutulishda ishtirok etadi. Aholi zichligi ko‘p bo‘lgan shaharlarda zamonaviy turmush tarzi bilan turli xil o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning tez tarqalishiga yordam beradigan muhit paydo bo‘ladi.

Biroq mavsumda bir yoki ikki marotaba O‘RVI o‘tkazilsa, bu immunitetning pasayish ko‘rsatkichi emas. Agar shamollash tez-tez ro‘y bersa va asoratlar bilan davom etsa, tekshiruvdan o‘tish lozim. Immunitet pasayishining asl sababi turmush tarzi va odatlarda bo‘lishi mumkin, bu tegishli tekshiruv va tahlillar orqali aniqlanadi.

Suvni yetarli darajada iste’mol qilmaslik

Suv iste’molining standart darajasi kuniga 1,5-2 litrni tashkil qiladi. Jismoniy faollik yoki terlash bilan bu miqdorni oshirish yaxshiroqdir. Suvni yetarli darajada iste’mol qilmaslik suvsizlanishga, qon xususiyatlarining yomonlashishiga, shilliq qavatlarning quruqligiga olib kelishi mumkin, bu holatda immunitet infeksiyalarga nisbatan zaiflashadi.

Yashash joyidagi havoda namlikning yetishmasligi

Qishda, isitish qurilmalari ishlagan mavsumida xona ichidagi havo juda quruq bo‘ladi. Bu shilliq parda va teri qurishiga sabab bo‘ladi va immunitetni zaiflashtiradi. Quruq havo gaplashganda, yo‘talganda tarqaladigan virus va mikroorganizmlarning zarralarini uzoq vaqt davomida saqlaydi.

Noto‘g‘ri ovqatlanish

Ratsionning yetarli darajada xilma-xil emasligi vitamin va minerallarning yetishmasligiga olib kelishi mumkin, bu esa o‘z navbatida immunitetni pasaytirish bilan tahdid qiladi. Ko‘p miqdorda shirinliklar, ayniqsa, gazli ichimliklarni iste’mol qilish qonda shakar darajasining o‘zgarishiga olib keladi va teri hamda shilliq pardalardagi bakteriyalarning ko‘payishi uchun sharoitlar yaratadi.

Yetarli miqdorda uxlamaslik

Uyqu vaqtida organizmning barcha a’zolari hamda tizimlarida qayta tiklanish sodir bo‘ladi. Surunkali uyqusizlik organizmning infeksiyalarga chidamliligini pasaytiradi.

Sport bilan shug‘ullanmaslik

Jismoniy faollik kuchli immunitetni saqlashning asosiy shartlaridan biridir, ayniqsa ochiq havoda mashq qilish bunga ko‘proq yordam beradi. Qon aylanishi me’yorda bo‘lsa, immunitet tizimi organizmning barcha burchaklarida himoya funksiyasini yaxshi bajarishga imkon beradi.

От qwert.uz