Inson o‘zidagi yoki yaqinlaridagi kognitiv pasayishning ogohlantiruvchi belgilarini arzimas narsa deb e’tibordan chetda qoldirishi mumkin. Misol uchun, Alsgeymer kasalligining ko‘plab dastlabki belgilari oddiy qarish jarayoni bilan adashtiriladi, deb yozadi “Noviy ochag”.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Nima uchun Alsgeymerning dastlabki belgilarini bilib qo‘yish muhim?

“Buni shunday qoldirmang, — deydi Alsgeymer assotsiatsiyasining g‘amxo‘rlik qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta direktori Monika Moreno. — Odam kognitiv alomatlarni keltirib chiqaradigan narsadan qanchalik qo‘rqmasin, nima bilan shug‘ullanayotganini bilsa, bu har doim osonroq bo‘ladi va diagnostika sezilarli foyda keltiradi. Alsgeymer kasalligida to‘g‘ri tashxis qo‘yish, shifokorga vaqtida murojaat qilish tuzalish uchun imkoniyatlarni ko‘paytiradi”.

Ammo o‘z vaqtida chora ko‘rish uchun bir qancha belgilarga e’tibor berish lozim. “Juda ko‘pchilik Alsgeymerning dastlabki belgilarini oddiy qarish deb adashadi, — deydi u. — Biz miyada yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar sodir bo‘lishini bilsak-da, bu alomatlar me’yordan tashqari o‘zgarishlar haqida signal berishi mumkin. Agar ushbu belgilarning kamida bittasi kuzatilsa, ularni muhokama qilish va kognitiv buzilish darajasini baholash uchun shifokor bilan maslahatlashish lozim”.

Xotirani yo‘qotish yashashga salbiy ta’sir o‘tkazadi

Har bir insonning xotirasi zaiflashadi: ular birdan qo‘shnisining ismini yoki do‘stining tug‘ilgan kunini unutib qo‘yadi. Bir necha daqiqa oldin unutilgan narsa yodga tushsa, vaqtinchalik xotira yo‘qolishi odatiy holdir. Agar Alsgeymer kasalligiga shubha qilinsa, unutuvchanlik kundalik hayotga qanday ta’sir qilishiga e’tibor berish lozim. Butun umr davomida qilgan ishni qanday bajarish unutilsa, masalan, oddiy hisob-kitoblar yoki ovqat pishirish, bu kasallikning ilk alomatidir. Moreno bir paytlar nevaralariga boshlang‘ich maktabda matematikadan uy vazifalarini bajarishda yordam berishda to‘satdan qiynalayotgan ayol bilan ishlagan, garchi u ilgari bank vitse-prezidenti bo‘lgan bo‘lsa ham. U shuningdek, omletni qanday tayyorlashni unutib qo‘ygan professional oshpaz bilan ham ishlagan.

Yana bir keng tarqalgan belgi — kimdir savolga javobni eslay olmaydi, shuning uchun uni qayta-qayta so‘raydi. Erta va to‘g‘ri tashxis muammolarni hal qilishga va xotirani yanada kuchliroq bo‘lishga yordam beradi.

Qaror qabul qilish jarayonlaridagi noto‘g‘ri mulohazalar yoki o‘zgarishlar

Moreno demensiya tashxisi qo‘yilgan ayol tozalovchi spreyni ovqat pishirish vositasi deb adashib, uni zaytun moyi kabi tovaga sepganini eslaydi.  Noto‘g‘ri xatti-harakatlar turli yo‘llar bilan o‘zini namoyon qilishi mumkin. Misol uchun, o‘z moliyaviy ahvolidan xabardor bo‘lgan kishi bir qator keraksiz xaridlarni amalga oshiradi. Xulq-atvor odatiylikdan sezilarli darajada o‘zgara boshlaganida e’tibor berish kerak bo‘lgan holatlar paydo bo‘ladi. Agar kimningdir xulq-atvorida katta o‘zgarishlar bo‘lsa, Alsgeymerning mumkin bo‘lgan alomatlarini o‘tkazib yubormaslik uchun vaqtida harakat qilish kerak.

Nutq, yozish yoki rejalashtirish bilan bog‘liq yangi muammolar

Bunda asosiy narsa xulq-atvordagi nozik o‘zgarishlarni sezishdir. Misol uchun Alsgeymer kasalligi bilan og‘rigan odamlarda suhbatga kirishish qiyin bo‘lishi mumkin. Shuningdek, jumla o‘rtasida to‘xtab qolish va davom eta olmasligi yoki tanish obyektlarning nomini o‘zgartirish, noto‘g‘ri so‘zni ishlatish holati kuzatiladi.

Bu shunchaki so‘z topishga urinish emas. Bu ko‘proq dars yoki jumlada o‘qiganlarini eslay olmaydigan o‘tmishdagi o‘quvchiga o‘xshaydi. Odam o‘z fikrlarini qog‘ozga tushirish uchun juda ko‘p harakat qiladi, garchi bu borada ilgari hech qachon muammo bo‘lmagan bo‘lsa ham. Muammolarni hal qilish yoki vazifalarni bir necha bosqichda bajarish ham qiyinroq kechadi.

Retseptga amal qilish yoki kechki ovqatni rejalashtirish qiyin bo‘lishi mumkin, chunki vazifani bajarish uchun kerakli bosqichlarni amalga oshirish qiyinlashadi. Ba’zilar uchun oddiy harakatlar imkonsiz bo‘ladi: Agar ilgari oson bo‘lgan narsani amalga oshirish qiyin bo‘lsa, bu qizil bayroqdir.

Vaqt va makonda chalkashlik

Alsgeymer kasalligining dastlabki bosqichlarida odam uydan 20 daqiqalik masofada tanish obyektga, masalan, ilgari yillar davomida bir xil yo‘l bo‘ylab yurgan do‘konga qanday borishni unutishi mumkin. Hatto oldin yuzlab marta bo‘lgan joyga borganida adashib qoladi. Qayerda bo‘lish kerakligini bilmaslik ham ogohlantirish belgisidir. Ba’zida uchrashuvlarni kuzatib borish qiyin bo‘ladi. Kimdir tadbirlarni o‘tkazib yuborishi yoki kelishilgan vaqtda kelmasligi mumkin.

Narsalarni yo‘qotish arafasida voqealar ketma-ketligini tiklashning qiyinlashuvi

Odamlar ba’zida kalit yoki telefonni qayerga qo‘yganni unutganida, qarilikdan deb biladi. Ba’zida buyumni yo‘qotish arafasida qayerda qolganini eslash mumkin. Shu tarzda yo‘qolgan narsa topiladi. Bu har qanday yoshda hamma uchun sodir bo‘ladigan oddiy holatdir. Ammo voqealar ketma-ketligini ham unutish yoki umuman eslay olmaslik Alsgeymer kasalligining muhim belgilaridan biridir.

Kayfiyat va shaxsiyatning namoyon bo‘lishidagi o‘zgarishlar

Kayfiyat yoki xarakterdagi o‘zgarishlar har bir odamda turlicha namoyon bo‘lishi mumkin, shuning uchun me’yordan har qanday og‘ishlarga e’tibor berish kerak. Ya’ni har doim xotirjam va o‘zini tutib turuvchi kishi birdaniga boshqacha munosabatda bo‘ladi va tezda g‘azablanadi.

Alsgeymerning dastlabki bosqichidagi odamlar qorquv, xavotir yoki tushkunlikka tushishi mumkin, ular boshqalardan osongina xafa bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar uning miyasiga ta’sir qiladigan kasallik bilan bog‘liq.

Mehnat va ijtimoiy faoliyatdan bosh tortish

Alsgeymerning dastlabki bosqichida ishlash ko‘pchilik uchun qiyin bo‘ladi. Shuning uchun nafaqaga chiqqanlar ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etishda ikkilanishlari mumkin. Ular uchun suhbatlarni kuzatish yoki avvalgidek harakat qilish qiyinlashadi.

Ushbu ogohlantirish belgilarining bir yoki bir nechtasiga ega bo‘lish Alsgeymer bilan kasallanganlikni anglatmaydi, lekin tekshiruvlardan o‘tish tavsiya etiladi. Alsgeymer assotsiatsiyasi kasallik boshlanishidan oldin alomatlar bilan tanishtirishni tavsiya qiladi. Bu o‘z vaqtida aniq tashxis qo‘yish, davolanish rejasini tuzish va kelajakdagi rejalarni muhokama qilish uchun eng yaxshi imkoniyatdir.

От qwert.uz