Qirollik oilalari a’zolariga katta mas’uliyat yuklangan, ularning kundalik jadvali ko‘plab yig‘ilish, ommaviy tadbir va boshqa vazifalar bilan to‘lgan, shuning uchun ularga sifatli uyqu juda ham muhimdir. Marie Claire nashri Vindzorlarning uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradigan layfxaklari bilan bo‘lishdi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Marie Claire

Erta uyg‘onish

Megan Markl bir nechta intervyularida har kuni ertalab soat 4:15 da uyg‘onishini ma’lum qilgan, bu unga o‘z ishini tartibga solishga yordam beradi. O‘zining The Tig nomli blogida u shunday deb yozadi: “Barchamizga ma’lumki, tong bizning kelgusi kunimizni belgilaydigan muhim vaqtdir”.

Yoga bilan shug‘ullanish

Foto: Marie Claire

Megan Marklning yana bir siri shundaki, bu kunlik yoga darslaridir. Shahzoda Garrining rafiqasi uzoq vaqtdan beri bunday mashg‘ulotning muxlisi bo‘lib kelgan va har kuni ertalab o‘z vazifalarini boshlashdan oldin mashq qiladi. U yogani uyqu uchun foydali ekanini aytib o‘tgan. “Yoga bilan shug‘ullanish menga juda ko‘p foyda beradi: organizmning moslashuvchanligi va kuch, baxt hissi, diqqatni jamlash hamda samaradorlikni oshirish, shuningdek, tashvish darajasini pasaytirish va sifatli uyqu”.

Kofeindan saqlanish

Sasseks gersoginyasi avvalroq kofeinni sabzavot bilan almashtirgan. “Ertalab men olma, karam, ismaloq, limon va zanjabildan sabzavotli ichimlik tayyorlayman va buni bir chashka espressodan yaxshiroq deb bilaman”, — deydi Megan Markl.

Kun davomidagi faollik

Foto: Marie Claire

Kembrij gersoginyasining ham bu borada o‘ziga xos sirlari bor – uning fikricha, faol hayot tarzi unga kundalik tartib va ​​uyquni nazorat qilishda yordam beradi. Keyt Middlton va shahzoda Uilyam tabiat qo‘ynida bo‘lishning foydalari haqida bir necha bor gapirgan va bundan tashqari, gersoginya har kuni ertalab yuguradi yoki sayrga chiqadi.

Bir vaqtda uxlashga odatlanish

Keyt Middltonning so‘zlariga ko‘ra, u har doim bir vaqtning o‘zida, ya’ni soat 22:30da uxlaydi. “Bu menga sifatli uyqu gigiyenasi va doimiy kun tartibini saqlashga yordam beradi, bu esa tez uxlashga va oson uyg‘onishga yordam beradi”, — dedi Kembrij gersoginyasi.

Kechki ovqatni ertaroq iste’mol qilish

Xabar qilinishicha, shahzoda Uilyamning rafiqasi kechki ovqatni yotishdan bir necha soat oldin yeyishga harakat qiladi. Shunda ovqat hazm bo‘lishga vaqt topadi va bu jarayon organizmni tungi kuch va quvvatni tiklashidan chalg‘itmaydi.

“Erl Grey” choyi

Foto: Marie Claire

Albatta, qirolicha Yelizaveta ham sog‘lom uyquning o‘ziga xos sirlariga ega bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, u har kunni bir chashka “Erl Grey” choyi bilan yakunlagan, bu organizmga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va uxlab qolishni osonlashtiradi.

Kechki ovqatni yolg‘iz iste’mol qilish

Yolg‘iz ovqatlanish oziq-ovqatni yaxshiroq hazm qilishga yordam berishi isbotlangan, chunki bunday sharoitlarda hech qanday narsa chalg‘itmaydi. Qirolicha Yelizaveta bu haqiqatga ishongan va bunga amal qilgan.

От qwert.uz