Har doim ovqat iste’mol qilish istagining paydo bo‘lishi bu yetarli darajada oziq-ovqat tanovul qilmaslik natijasida yuzaga keladi, degani emas. Bu noto‘g‘ri ovqatlanish, kasalliklar yoki hatto jismoniy mashg‘ulotlarni bajarmaslikdan kelib chiqishi mumkin. “Noviy ochag” nashri hamisha nimadir iste’mol qilish istagi qiynashining 7 ta sababini ma’lum qildi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Juda kam uxlash

Sakkiz-to‘qqiz soatdan kamroq uxlash natijasida to‘qlikni his qilish uchun mas’ul bo‘lgan gormonlar muvozanati buziladi. Shuning uchun ochlik hissini keltirib chiqaradigan grelin gormoni darajasi ko‘tariladi, ammo organizmni to‘q his qilishga yordam beradigan leptin miqdori, aksincha pasayib boradi. Shuning uchun ochlik hissi ko‘proq qiynashni boshlasa, uyquni nazorat qilish tavsiya etiladi.

Oqsilni kam iste’mol qilish

Ayniqsa, nonushta uchun. Missuri universiteti mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, nonushta uchun omletni afzal ko‘rgan ayollar, umuman nonushta qilmagan yoki uglevodlarni afzal ko‘rganlarga qaraganda kun davomida kamroq ochlikni his qiladi.

Yog‘ni kam iste’mol qilish

To‘yinmagan yog‘lar nafaqat yurak-qon tomir tizimi uchun foydali, balki ular oshqozonni to‘ydiradi va to‘qlik gormonlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Asosiysi, trans yog‘lardan kamroq iste’mol qilish lozim.

Ko‘p suyuqlik ichmaslik

Ortiqcha ovqatlanishning eng keng tarqalgan sabablaridan biri ochlik va chanqoqni ajrata olmaslikdir. Odamlar ko‘pincha bu ikki tuyg‘uni chalkashtirib yuboradi va haqiqatan ham ichish kerak bo‘lganda ovqatlanadi. Shifokorlar och qolganda, avvaliga yarim stakan suv ichishni tavsiya qiladi. Aytgancha, 20 000 ga yaqin ko‘ngilli ishtirok etgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kuniga atigi bir stakan ko‘proq suv ichgan odamlar kunlik ratsionini 205 kaloriyaga qisqartirgan.

Juda ko‘p asabiylashish

Inson stressga tushganda ishlab chiqariladigan kortizol gormoni ochlik hissi bilan bevosita bog‘liq: uning darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qondagi qand miqdori ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Hamma narsa oddiy: organizm qancha vaqt stress ostida bo‘lsa, shuncha ko‘p ovqat yeyishni xohlaydi. Demak, stressdan xalos bo‘lish yo‘lini topish vaqti keldi!

Uglevodlarni iste’mol qilish

Murakkab uglevodlar deb ataladigan boshqa kletchatkalar mavjud — bu hazm qilishga yordam beradigan, oshqozonni to‘ydiradigan va metabolizmni saqlashga yordam beradigan foydali moddadir. Ammo qayta ishlangan undan tayyorlanadigan uglevodlar odatda kletchatkadan mahrum bo‘lib, ular organizmda glyukozaning keskin o‘zgarishiga olib keladi, bu esa ochlikni keltirib chiqaradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda oziq-ovqat suratlarini tomosha qilish

Ishtaha nafaqat ovqatlanish paytida, balki oziq-ovqat suratlarini tomosha qilishda ham paydo bo‘ladi. Mazali salat, qaymoqli shirinlik yoki qizarib pishgan tovuq suratiga qarash natijasida qon ta’mni aniqlash uchun miyaning mas’ul bo‘lgan joylariga shoshiladi. Shundan so‘ng yana organizmda ochlik hissi paydo bo‘ladi.

От qwert.uz