Muntazam kechadigan bosh og‘rig‘i odamni charchatib yuboradi. U bilan dori-darmonlarsiz qanday kurashish mumkinligini o‘rgatamiz, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Bosh og‘rig‘i ko‘pchiligimiz deyarli har kuni duch keladigan muammodir. Ba’zilarda og‘riq tezda o‘tib ketadi, boshqalar esa bundan ko‘p aziyat chekadi: ular do‘stlar bilan uchrashuvlarni bekor qiladilar, ish loyihalarini kechiktiradilar va o‘zlarini yomon his qiladilar. Albatta, dorixonalar dori vositalarining katta tanlovini taklif qiladilar, ammo ularning hammasi ham doimo foydalanish uchun zararsiz emas. Siz og‘riq bilan kurashishning muqobil usullarini sinab ko‘rishingiz mumkin.

Uxlab yotganda tishlaringizni g‘ijirlatmasligingizga ishonch hosil qiling

Jag‘ mushaklarining kuch bilan harakatlanishi kattalardagi bosh og’rig’ining eng kam baholangan sabablaridan biridir. Tishlarning tunda g‘ichirlashi yoki bruksizm 70 foiz odamlarga ta’sir qiladi. Jag‘larga javobgar bo‘lgan mayda mushaklar chakkalar tomon tortiladi va ularning spazmi bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, uyg‘ongandan keyingi dastlabki bir necha soat ichidagi bosh og‘riqlar.

Bruksizm bilan kurashishda stressni kamaytirish, dam olish amaliyotlari va psixoterapiya ham yordam beradi. Bundan tashqari, tishlarga kiyiladigan maxsus tish moslamalaridan ham foydalanishingiz mumkin.

Suv iching

Bosh chakka qismlarida og‘riq suvsizlanish belgisi bo’lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p miqdorda toza suv ichish bosh og‘rig‘i va migrendan qutilishga yordam beradi.

Bunda smartfon yoki maxsus mobil ilovalardagi eslatmalar bilan o‘z vaqtida suv ichishni kundalik odatga aylantirishingiz kerak. Issiq ob-havoda yoki qahva ichganingizdan keyin, albatta, suyuqlik miqdorini oshirishni unutmang (kofein tanani suvsizlantiradi).

Massaj qo‘llab ko‘ring

Agar bosh og‘rig‘i haddan tashqari bosim tufayli yuzaga kelsa, massaj sizning holatingizni yengillashtirishga yordam beradi. Massaj paytida qon taranglashgan joylarga — bo‘yinga, boshning orqa qismiga va yelkalariga tushadi. Natijada o‘zingizni yaxshi his qila boshlaysiz.

Cho‘zilish uchun tanaffus qiling

Haddan tashqari bosim bilan ishlaganda nafaqat massaj, balki yoga, cho‘zilish, pilates ham yordam beradi. Tush paytidagi cho‘zilish mashqlari bilan o‘tgan tanaffus bosh og‘rig‘ining chastotasini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.

Ishlayotganingizda tanani to‘g‘ri tutish ham muhim: qulay holda o‘tiring, tanaffus qiling va telefonda gaplashayotganda uni yelkangiz bilan ushlab turmaslik uchun quloqchindan foydalaning.

Stress darajasini kamaytiring

“Barcha kasalliklar asabiylashishdan”, bosh og‘rig‘i esa birinchi navbatda. Kundalik tushishni boshlashga harakat qiling, dramadan komediyaga o‘ting va nafas olish mashqlarini o‘rganing. Yoga ham juda samarali, mashqlarni meditatsiya va dam olish bilan birlashtiradi.

Botoks inyeksiyalari haqida o‘ylab ko‘ring

Nevrologlar kuchli surunkali migren bilan og‘riganlarga botoksni tavsiya qiladilar. Biz, albatta, peshonadagi kosmetik inyeksiya haqida emas, balki yiliga bir necha marta butun bosh va yelkaning yuqori mushaklariga qilinadigan inyeksiya haqida eslatdik.

Faol bo‘ling

Bosh og‘risa, odam g‘am-g‘ussaga o‘ralib ketaveradi, ammo mutaxassislar mashqlar samaraliroq bo‘lishi mumkinligiga ishonadi. Haftada 3-4 marta 20-30 daqiqa davomida muntazam bajarilgan jismoniy mashqlar qon oqimining yaxshilanishi va yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash tufayli bosh og‘rig‘i chastotasini kamaytirishga yordam beradi. Sekin yugurish, velosiped haydash yoki suzishga harakat qiling.

Chuqur va sifatli uxlashga harakat qiling

Uyqu yetishmasligi bosh og‘rig‘i uchun ma’lum sababdir. Shu bois har kecha 7-8 soat uxlash juda muhimdir. Lekin haddan oshib ketmang: butun hafta mobaynida uzluksiz uxlash istagi teskari natija berishi va muammoni yanada kuchaytirishi mumkin.

Ko‘zlarga dam bering

Ko‘pincha paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i ko‘rish bilan bog‘liq. Ko‘pchiligimiz buni kompyuter oldida uzoq vaqt o‘tirgandan keyin, ko‘p vaqt televizor ko‘rgach, kitob o‘qiganimizdan yoki hatto, mashinani uzoq masofalarga haydaganimizdan keyin buni his qilamiz. Bunday bosh og‘rig‘i kun yakunida, tig‘iz ish haftasidan so‘ng va kam hollarda dam olish kunlarining birinchi tonggida paydo bo‘ladi. Ko‘z charchagandan so‘ng paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘ini yengillashtirish uchun kompyuteringizdan tez-tez tanaffus qilib ko‘ring.

Agar siz mutolaa qilayotgan bo‘lsangiz, vaqti-vaqti bilan to‘xtab, ko‘zlaringizga dam berish uchun xonadagi uzoq obyektga nazar tashlang. Agar bu yordam bermasa, ko‘zlaringizni okulistga ko‘rsatish vaqti kelganligini anglatadi. Ko‘rish qobiliyati pasaygan bo‘lsa, sizga ko‘zoynak(yoki yangi linzalar) taqish buyuriladi.

Igna sanchish amaliyotini sinab ko‘ring

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, igna sanchish bosh og‘rig‘idan tez-tez aziyat chekadigan odamlarga yordam beradi. Jarayon davomida mutaxassis tananing ma’lum joylariga (odatda bel yoki bo‘yin) ignalarni kiritadi. Igna sanchish migren bilan yashovchi odamlarda og‘riqning chastotasini kamaytirishi haqida isbotlar mavjud va ta’siri esa dori-darmonlarni qabul qilish bilan teng baholanadi. Ushbu terapiya tanadagi qon oqimini yo‘naltiradi va periferik asab tizimini rag‘batlantirish orqali tanani og‘riqni kamaytirishga o‘rgatadi.

Ilm-fan hayotimizni farovon va sog‘lom qilish uchun doimo izlanishda. Doimiy ravishda shifokoringizga tashrif buyurib, u takroriy bosh og‘rig‘i bilan kurashishning yangi usullarini tavsiya qila oladimi yoki yo‘qmi, bilib oling. Ba’zi ekspertlar migrenni davolashda past dozali antidepressantlarning samaradorligi haqida gapirishadi — kim biladi, ehtimol, ular tez orada bosh og‘rig‘i uchun standart davolash protokoliga kiritiladi. Shu bilan birga, suv va jismoniy mashqlar haqida ham unutmang.

От qwert.uz