Ogʻiz boʻshligʻida biror tish boʻlmasa, odam tabassum qilganida yoki soʻzlashganda ham u tishning yoʻqligi sezilmagani bilan bu salomatlikka bir nechta tahdidlarni keltirib chiqaradi. Kamida bitta tish boʻlmasa, organizmda koʻplab yashirin va salbiy oʻzgarishlar yuz beradi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Birinchi galda, tish boʻlmagan boʻshliq joy oʻrniga boshqa tishlar siljiy boshlaydi. Tibbiy amaliyotda bu holat “Popov-Godon effekti” deb ataladi. Shu tarzda vaqt oʻtishi bilan boʻshliq joy kamayadi va olingan tishni almashtirish uchun implant qobiqni oʻrnatish deyarli imkonsiz boʻlib qoladi — shunchaki buning uchun yetarli boʻlmaydi. Inson organizmi chaynash maydonini, yuqori va pastki jagʻ tishlar orasidagi uzviylikni oshirish uchun oʻzgarishlarga mustaqil ravishda moslashadi. Shu bois bu holatda bemorni davolash uzoqqa choʻziladi. Dastavval, tishlar uchun “briket”lar oʻrnatadigan ortodontistga murojaat qilishingiz kerak boʻladi. Shundan keyingina implant qobiq yordamida yoʻq tishni tiklashingiz mumkin.

Ikkinchidan, tish yoʻqligi sababli salbiy oʻzgarish — suyak toʻqimalarining pasayishi kuzatiladi. Organizm shundayki, biror tana aʼzosi oʻz funksiyasi uchun ishlatilmasa, uning faoliyati yomonlashadi, samaradorligi pasayadi. Yoʻq tishni jarrohlik amaliyotisiz protezlashda, birinchi navbatda, suyak va milk plastikasi amalga oshirilishi kerak boʻladi. Bu davolanish vaqtini va narxini sezilarli darajada oshiradi.

Uchinchidan, tish-jagʻ tizimidagi oʻzgarishlar. Tishlar orasida trema va diastema deb ataladigan boʻshliqlar paydo boʻlishi mumkin. Bu esa tabassum jozibasini sezilarli darajada yomonlashishiga olib keladi.

Toʻrtinchidan, yuqori va pastki jagʻlar faoliyatining buzilishi. Tishning yoʻqligi tufayli okklyuzion holat buziladi, pastki jagʻ holati oʻzgaradi. Bunda organizm yoʻq tishning oʻrnini qoplashga va chaynash yukini yangi usulda taqsimlashga harakat qiladi. Bu yuqori va pastki jagʻlar faoliyatiga ham taʼsir koʻrsatadi. Chaynash paytida ogʻriq paydo boʻlishi mumkin. Ushbu patologiya uzoq va qimmat davolanishni talab qiladi.

Beshinchisi, estetikaga mos kelmaydigan tashqi koʻrinish. Bir yoki bir nechta tishlar boʻlmasa, yumshoq toʻqimalarning ptozisi paydo boʻladi — lablar torayadi, ogʻiz chekkalari osila boshlaydi, mayda ajinlar paydo boʻladi va yuzning oval shakli yoʻqoladi.

Oltinchidan, boshqa sogʻlom tishlarda periodontal kasalliklar rivojlanadi. Tishlar orasida boʻshliq paydo boʻlishi, yon tishlar holatining oʻzgarishi tufayli oziq-ovqat tiqilib qolish xavfi ortadi. Bu ogʻiz gigiyenasini buzadi, gingivit va periodontit rivojlanish xavfini oshiradi.

Yettinchidan, boshqa tishlarga qoʻshimcha yukning ortishi. Yon tishlar yoʻqotilgan tishning vazifasini bajarishni boshlaydi. Bu periodontal toʻqimalar kasalliklarining rivojlanishini oshiradi va ularning xizmat qilish muddatini qisqartiradi.

Shuning uchun tish oldirayotganda oʻrnini imkon qadar tezroq tiklash kerak. Bu protezlash asoratlarning oldini olishga, davolanish muddatini qisqartirishga va koʻpgina mablagʻni tejab qolishga yordam beradi.

От qwert.uz