Spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish jigar kasalligining keng tarqalgan, ammo yagona sababi emas. “Noviy ochag” nashri jigarning yog‘ bosishiga olib keluvchi boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini sanab o‘tdi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Jigarning yog‘ bosishi — bu butun organ hajmining 10 foizgacha bo’lgan hujayralarida ortiqcha yog‘ to‘planishi bo‘lib, bu surunkali jigar kasalliklari rivojlanishining asosiy sababidir. Sirroz va hatto jigar saratonini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan bu kasallik asemptomatik bo‘lib, faqat qorin bo‘shlig’i a’zolari muntazam tekshirilgandagina aniqlanishi mumkin. Uning rivojlanishining umumiy sabablaridan biri to‘yib ovqatlanmaslik va ma’lum oziq-ovqatlarni me’yordan ko‘p iste’mol qilishdir. 

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari

Chekish va go‘shtni qayta ishlash jarayonida ko‘pincha suyuq tutun ishlatiladi. O‘z-o‘zidan bu xavfli emas, lekin uning ta’siri ostida yog‘ kanserogen birikmasiga aylanishi mumkin, bu nafaqat ichak saratoni xavfini oshiradi, balki jigar hujayralarini ham yo‘q qiladi.

Achchiq ziravorlar

Juda achchiq ziravorlar jigarga toksik birikmalar kabi ta’sir qiladi: jigar ularni qayta ishlash uchun intensiv ravishda safro ishlab chiqarishni boshlaydi. Haddan tashqari ko‘p safro kanallarda turg‘unlashib, toshlar paydo bo‘lishiga olib keladi, shuningdek, jigarni yog‘ bosishining rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin.

Gazlangan ichimliklar

Gazlangan shakarli ichimliklar sog‘liqqa chekish kabi zararli. Jigar esa ulardan muntazam ravishda aziyat chekadigan organlardan biridir.

Shakar o‘rnini bosuvchi moddalar

Jigar uchun shakar o‘rnini bosuvchi moddalar toksik birikmaning yana bir turi bo‘lib, ularni imkon qadar tez va faol ravishda yo‘q qilish kerak. Jigarning ortiqcha zo‘riqishi uning hujayralariga zarar yetkazishi va kasallik rivojlanishining xavfini oshiradi.

Tuz

Nafaqat taomlarga qo‘shiladigan tuz, balki yashirini ham xavflidir. Kolbasa, sosiska, konservalar — bu taomlarning ozgina qismi bo‘lib, ularni iste’mol qilish bilan tuzning xavfsiz darajasi sezilarli darajada oshib ketishi mumkin. Natijada jigar salomatligi yana xavf ostida qoladi.

Nordon rezavor va ko‘katlar

Klyukva, otquloq, kislotaliligi yuqori bo‘lgan boshqa rezavorlar, meva va sabzavotlar jigarni ortiqcha zo‘riqtiradi, chunki kislotalilikni zararsizlantirish uchun ko‘proq harakat qilishi kerak. Bu, ayniqsa, allaqachon jigar kasalligi bo‘lgan odamlar uchun xavflidir. Biroq bunday ortiqcha ishlash sog‘lom organ uchun umuman foydali emas.

Margarin

Margarin va uning asosida tayyorlangan yeguliklarni hazm qilish uchun jigar, masalan, sariyog‘ni qayta ishlashdan ko‘ra ko‘proq harakat qilishi kerak. Zo‘riqish qanchalik kuchli bo‘lsa, kasallik xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Uzoq qovurilgan taomlar

Bir necha marta qizdirilgan o‘simlik yog‘i o‘z-o‘zidan jigarga xavf tug‘diradi. Shuningdek, kartoshka fri ham tarkibidagi yog‘ va tuz tufayli jigar salomatligi uchun zararli.

От qwert.uz