Dasturxonimizda sersuv pomidor kam uchraydi. U salatlarga qo‘shiladi, konservalanadi va undan sharbat tayyorlanadi. Agar har kuni pomidor iste’mol qilsangiz nima bo‘ladi?

  — Manba: «Daryo» nashri.

Pomidor qator foydali xususiyatlarga ega — u spazmolitik ta’sir ko‘rsatadigan va ateroskleroz rivojlanishining oldini oluvchi kversetinni o‘z ichiga oladi. Pomidor yoki pomidor sharbatidan muntazam iste’mol qilish qonni suyultirishga yordam beradi va trombozga qarshi profilaktika hisoblanadi. Ammo pomidorning kuchli alergen ekanini unutmaslik kerak, shuning uchun allergiyaga moyil va oshqozon-ichak kasalliklari bilan og‘riganlar bu mahsulotni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishlari kerak. Podagra kasalligiga chalinganlarga ham pomidorni taomnomasidan chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

Rossiyada pomidorni sabzavot sifatida tasniflash odatiy holdir. Rasmiy botanika ma’lumotlariga ko‘ra, ular rezavorlardir, chunki ular suvli quyuq mag‘iz, yupqa teri va ko‘plab urug‘ donalarga ega. Yevropada pomidor meva hisoblanadi.

Foydasi xususida

Pomidorda kraxmal, shakar, pektin, juda kam uchraydigan K vitamini, shuningdek, B guruhi vitaminlari va karotinoidlar mavjud.

Bunday past kaloriya va vazn yo‘qotishga qaror qilganlar uchun ideal mahsulotdir. Shuningdek, u ichak faoliyatini yaxshilaydigan ko‘p miqdorda klechatkani o‘z ichiga oladi. Pomidor tarkibida kaliy va magniy chempiondir, agar undan muntazam iste’mol qilinsa, yurak ancha yaxshi ishlaydi.

Foto: Wday

Pomidorlar likopenga juda boy, bu yurak xuruji va insult ehtimolini kamaytiradi, shuningdek, qonni suyultiradi, xolesterinni kamaytiradi. Pomidor antioksidant xususiyatlarga ega, saraton o‘smalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Likopenning eng katta miqdori qayta ishlangan pomidorlarda mavjud: tuzlangan, pomidor sharbati va pastasida.

Likopenning yaxshiroq so‘rilishi uchun yog‘lar kerak bo‘ladi, shu bois pomidor va o‘simlik yog‘i bir-birini to‘ldiradi.

Tuzlangan pomidorda sut kislotasi mavjud bo‘lib, bu normal ichak mikroflorasini saqlab qolish imkonini beradi.

Agar siz kuniga bir porsiya pomidor salatini iste’mol qilsangiz yoki pomidor sharbatini ichsangiz, ko‘rish qobiliyatini sezilarli darajada yaxshilashingiz mumkin, chunki bir likopcha salat organizmdagi A vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojning deyarli yarmini qoplaydi.

Zarari xususida

Pomidorda ko‘p miqdorda shakar bor, diabetga chalinganlar buni hisobga olishlari va cheklangan miqdorda iste’mol qilishlari muhim.

Pomidorda allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradigan moddalar ham mavjud va allergiya bilan og‘rigan bemorlarda qichishish va shish paydo bo‘lishi mumkin. Sariq va to‘q sariq pomidorlarda allergenlar nisbatan kamroq, deb taxmin qilinadi.

Pomidor mag‘izi oshqozon-ichak trakti holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va oshqozon-ichak kasalliklarini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun kuniga yirik pomidordan 2 dona yoki cherri pomidoridan 7 donadan ortiq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

От qwert.uz