“Bir necha oydirki, ertalab soat 5 da turyapman”, degan gaplar quloqqa chalinadi ba’zan. Bunda siz har tongda yoqimli bonus — kitob o‘qish, she’r yodlash, pianino chalish yoki sport zalida mashq qilishga sarflaydigan qo‘shimcha 4 soat bor. Nima uchun erta turish muhimligini va bu hayotingizni qanday o‘zgartirishi mumkinligini aniqlashga qaror qildik, deb yozadi Marie Clarie nashri.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Ish, sevimli mashg‘ulotlar va sport uchun ko‘proq bo‘sh vaqt

Kundalik erta uyg‘onish tufayli haftada o‘zingizga sarflashingiz mumkin bo‘lgan qo‘shimcha soatlar bor: toza havoda mashq qilish (ayniqsa, juda toza havo, yozda unchalik issiq bo‘lmaydi), kitob o‘qish va hokazo. Ertalab vaqtli uyg‘onish bilan anchadan buyon boshlay olmayotgan ishlar — chet tili o‘rganish, kayfiyatni ko‘taradigan mashg‘ulot bilan band bo‘lishingiz mumkin.

Erta turish salomatlik uchun foydali

Fiziolog Nerina Ramlaxan erta uxlash va barvaqt turish miya faoliyatini va teri holatini yaxshilashini ta’kidlaydi. Uning muallifligida chop etilgan kitobda yarim tungacha bo‘lgan 90 daqiqa organizmni qayta tiklash uchun eng samarali vaqt ekanligini ta’kidlaydi. Bizning miyamiz ham sirkad ritmlar, quyosh botishi va quyosh chiqishiga bog‘liq bo‘lgan biologik tebranishlar bilan sinxronlashtiriladi. Ma’lum bo‘lishicha, tongda turish eng yaxshi va eng oson yo‘ldir. Bu odat bora-bora tananing uyg‘onishini osonlashtiradi.

Vaqtni sukunatda o‘tkazish imkoniyati

Tonggi soat 5:00 da ish kuni hali boshlanmagan, demak, qo‘ng‘iroqlar va cheksiz bildirishnomalarsiz jimgina dam olish imkoniyati mavjud. Ertalab — meditatsiya qilish uchun eng yaxshi vaqt. Shu tariqa siz qanday qilib to‘g‘ri nafas olish, diqqatni o‘zingizga qaratish va tanani tinglashni o‘rganasiz. Ertalabki mashqlar stress darajasini pasaytiradi va kun bo‘yi energiya beradi.

Chidamlilikni chiniqtirish

Iroda kuchi — bu qanchalik tez yoki sekin bahslarga berilib ketishimiz, yangi va kutilmagan vazifalarni yengishimiz ko‘rsatkichidir. Iroda — bu doimiy mashq qilish kerak bo‘lgan faoliyatdir. Erta turish esa o‘zini o‘zi boshqarishni yangi darajaga “ko‘tarish”ning yana bir usuli hisoblanadi.

O‘zingiz bilan faxrlanish

Tongda barvaqt uyg‘onish va kunni samarali boshlash o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni oshiradigan kichik g‘alabadir. Yangi maqsadlarga erishib, o‘zingiz bilan faxrlanishga haqlisiz. Buning yordamida kayfiyat yaxshilanadi va butun kun uchun tetiklik va energiya zaxirasi to‘planadi. Va shu bilan birga, bu hayot sifatini yaxshilaydigan yangi foydali odatdir.

От qwert.uz