Ertalab uyg‘onganda yuz va qovoqlarning shishishi xunuk ko‘rinadi va insonni biroz asabiylashtiradi. Ko‘pchilik shishni ortiqcha suv iste’moli bilan bog‘laydi, lekin ko‘pincha bunga bog‘liq emas. Deyarli har bir ayol bunday holatda duch keladi. Shish ko‘pincha uyqudan keyin ertalab, bir kun oldin sho‘r ovqatlar va suyuqliklarni ko‘p iste’mol qilish natijasida, uyqu yetishmasligi yoki stress tufayli paydo bo‘ladi. Lisa nashri yuz shishishini qanday tezda ketkazish usullari haqida yozadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Ayollarda yuzning shishishiga:

  • Taomnoma;
  • Uxlashdan avval ko‘z yoshlari;
  • Ortiqcha ish;
  • Uyqu yetishmasligi sabab bo‘lishi mumkin.

Ammo turli kasalliklar natijasida yuz shishishi ehtimoldan holi emas: allergiya, yurak-qon tomir yoki gormonal kasalliklar, buyraklarning noto‘g‘ri ishlashi va hokazo. Shuning uchun agar shish sizni uzoq vaqtdan beri bezovta qilsa, o‘zboshimchalik bilan davo choralarini ko‘rmaslik va mutaxassisga holatni tushuntirish kerak.

Ko‘z ostida doiralarning paydo bo‘lishining sabablaridan biri pastki qovoq churrasi yoki periorbital mintaqada ortiqcha terining mavjudligi bo‘lishi mumkin. Bunday shishda na bodring, na kartoshka, na to‘g‘ri ovqatlanish yordam beradi. Bu allaqachon yosh bilan bog‘liq nuqson (40 yoshdan keyin ayollarda yuzning shishishi sabablaridan biridir), mutaxassislardan yordam so‘ragan yaxshidir. Muammoni hal qilishning bir nechta usullari mavjud: mezoterapiya inyeksiyalari va limfa drenaj massajidan radiochastotani ko‘tarish va konturlashgacha. Pastki ko‘z qovog‘i churrasidan qutulishning eng samarali usullaridan biri hali ham plastik jarrohlik — pastki qovoqning blefaroplastikasidir.

Yuz shishishidan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Ko‘pchilik iste’mol qilinadigan suyuqlik miqdorini kamaytirish muammoni bartaraf etishga yordam beradi, deb hisoblaydi. Ammo ko‘pincha bu, aksincha, uning yetishmasligi yoki suv-tuz almashinuvining buzilishi tufayli sodir bo‘ladi. Shuning uchun, suv iste’molini kamaytirish foyda bermaydi, binobarin, shishishni kuchaytirishi mumkin. Siz ichadigan suyuqlik sifati ham muhimdir. Ratsionda hech qanday qo‘shimchalarsiz toza suv bo‘lsin.

Yuzning shishishi bilan kurashishning bir necha samarali usullari:

Foto: Lisa
  1. Harorat kontrasti

Ertalab uyda mustaqil ravishda yuzni issiq va sovuq suv bilan ketma-ket, shunchaki kontrastli yuvishni amalga oshiring. Muz kubikchalarini yuzga ishqalash ham yordam beradi. Agar oddiy suvni emas, balki romashka yoki yalpiz damlamalarini muzlatib qo‘ysangiz, ikki hissa foyda. Ushbu usulning natijasi uchun muntazamlik juda muhimdir. Bir yoki ikki marta yuvish muammoni hal qilmaydi.

  1. Yuzni massaj qilish

Bu yuz qon tomirlarining ishini rag‘batlantirish va limfa tizimini yaxshilashning ajoyib va ​​samarali usulidir. Jarayonni qo‘llar, shuningdek, maxsus asboblar yordamida bajarish tavsiya etiladi. Stone Roller ishlatishdan oldin uni muzlatgichda sovitishni unutmang.

  1. Oddiy ichimlik rejimi

Yuqorida aytib o‘tilganidek, suyuqlik yetishmasligi tufayli ham yuz shishadi. Bu metabolik jarayonlarni va suv-tuz balansini tiklash uchun kun davomida toza iliq suv ichish kerakligini anglatadi. Zarur hajmni hisoblash oddiy: tananing bir kilogrammi uchun 30 millilitr suyuqlik kerak bo‘ladi.

  1. Muntazam jismoniy faoliyat

Har qanday o‘rtacha intensiv jismoniy faollik metabolizmni tezlashtirishga, suvni hujayralararo bo‘shliqdan mushak to‘qimalariga yo‘naltirishga yordam beradi.

  1. Fizioterapiya

Bunday usulni o‘zingizga mustaqil ravishda tayinlay olmaysiz.  Kosmetolog tavsiyasini olgan yaxshiroqdir. Barcha kurs muolajalari qoida tariqasida 7-10 seansdan iborat lekin ular doimiy ta’sirga ega.

Buvijonlarning usullari

Allaqachon romashka yoki yalpizli damlamadan muz kubikchalari haqida ma’lum qilgan edik. Ammo uy sharoitda ishlaydigan bir nechta boshqa vositalar mavjud.

  • Kuchli yashil yoki qora choy. Sovuq choy barglarida nam paxta yostiqchalari, ko’zlaringizga o’ndan yigirma daqiqagacha qo’ying. Bir-ikkita choy paketining ustiga qaynoq suv quyib, muzlatgichga bir muddat qo‘yib, keyin ko‘z qovoqlari ustiga qo‘yishingiz mumkin.
  • Sabzavotni tilim-tilim kesib oling, yuzingizga qo‘yib chiqing. Tetiklantiruvchi tabiiy kompress terini mukammal namlaydi va yuzdagi shishni ketkazadi.
  • Na’matak damlamasi. Qaynoq suvga na’matak donalarini soling, bir necha soatga qoldiring. Kun davomida uni ichishingiz mumkin — qahva yoki oddiy choyga ajoyib alternativ.

Ko‘p yig‘lagan bo‘lsangiz

Keragidan ortiq ko‘p yig‘ladingiz va yuzning shishishi paydo bo‘ldi — nima qilish lozim? Bunda oddiy kartoshka yordam beradi. Kartoshka tarkibida teridagi qora doiralarni, shishishni ketkazadigan maxsus fermentni mavjud. Yupqa xom kartoshka tilimlaridan yuzga kompress qiling.

Tuxum oqi yana bir sinalgan usuldir. Tuxumning oqini yaxshilab ko‘pirtiring, paxtali yostiqchalari bilan muammoli joylarga qo‘ying. To‘liq quriguncha kuting. Teri biroz tortilishi mumkin, shuning uchun disklarni ehtiyotkorlik bilan olib tashlang, so‘ng namlovchi vositani qo‘llang.

Yuz shishining oldini olish choralari

Bu muammo doimiy bo‘lsa, turmush tarzingizni o‘zgartirish haqida o‘ylab ko‘ring. Agar shish hech qanday sababsiz yuzaga kelsa, bu buyrak yoki yurak kasalligining jiddiy “qo‘ng‘irog‘i” bo‘lishi mumkin. Shifokorga uchrashni kechiktirmang. Sog‘lom bo‘lsangiz, uni yuzaga kelmasligi uchun oddiy qoidalarga amal qiling.

  • Kechasi ko‘p suyuqlik ichmang. Bir stakan suv yoki qo‘shimcha miqdorda choy ichish ertalab muammo tug‘dirishi mumkin.
  • Jismoniy faollik haqida unutmang — gimnastika, yugurish, yoga yoki sport zalida mashq qilish — har qanday sport turi bilan shug‘ullanish foydalidir.
  • Tomirlarni kontrastli yuvish yo‘li bilan mustahkamlang.
  • Ratsionga ko‘proq sabzavot, meva, ko‘katlarni qo‘shing. Selderey, piyoz, tarvuz, qovun, uzum, qovoq, qora smorodina, sut mahsulotlari yaxshi yordam beradi.
  • Kuniga yetarli miqdorda suv iching (cheklovdan oshib ketmaslikka harakat qiling, lekin organizm suvsizlanib qolmasin).
  • Qovurilgan, dudlangan, sho‘r ovqatlarni kamroq tanovul qiling.
  • Yetarlicha uxlang: uyqu yetishmasligi tufayli ham yuz shishishi kuzatiladi.

Hamisha yodda saqlang, sog‘lom turmush tarzi go‘zallikning muhim shartidir.

От qwert.uz