Biror bir kasallikdan xalos bo‘lish va salomatlikni saqlash uchun kuniga 10 000 qadam yurish kerakligi haqidagi fikrni ko‘p eshitgan bo‘lishingiz mumkin. Olimlar sog‘lom bo‘lish uchun ancha kamroq yurish kerak ekanligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Zakon.kz” nashri.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Yandeks.ru”

Yevropa profilaktik kardiologiya jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotda bir kunda talab qilinadigan qadamlar sonidan ancha kamroq yurish kerakligi ko‘rsatilgan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, har qanday sabab bilan bog‘liq o‘lim xavfini kamaytirish uchun kuniga atigi 3 967 qadam, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish uchun esa 2 337 qadam yurish kifoya qiladi.

To‘g‘ri, qadamlar soni qancha ko‘p bo‘lsa shunchalik yaxshi. O‘lim xavfi har 500-1 000 qadam qo‘shilganda sezilarli darajada kamayadi.

Har kuni qadamlar sonini 1 000 tagacha oshirib borish har qanday sabab bilan bog‘liq o‘lim xavfini 15 foizga va 500 tagacha oshirish yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq o‘lim xavfini 7 foizga kamaytiradi.

Agar insonlar kuniga 20 000 qadam yursa ham, qadamlarning salomatlikka foydali jihatlari o‘sib boradi. Uning foydali jihatlari jins va yoshga qarab guruhlarga bo‘linadi. Tahlil uchun butun dunyo bo‘ylab 226 000 dan ortiq inson ishtirokida 17 ta alohida tadqiqot o‘tkazildi.

Polshaning Lodzi tibbiyot universiteti kardiologiya professori Masey Banachning aytishicha, uning guruhi natijalari yoshi va yashash joyidan qat’i nazar, barcha ayollar va erkaklarga tegishli bo‘lgan.

Barcha sog‘lom ishtirokchilar tadqiqotda o‘rtacha yetti yil davomida qatnashgan. Ularning o‘rtacha yoshi 64 yoshni tashkil qilgan, ayollar va erkaklar nisbati esa deyarli 50 ga 50 bo‘lgan.

60 va undan katta yoshdagi ishtirokchilar kuniga 6 000 dan 10 000 gacha qadam bosib o‘tishgan, bu holatda o‘lim xavfi 42 foizga, 7 000 dan 13 000 tagacha qadam  bosganlarda esa 49 foizga kamaygan.

“Yurak-qon tomir kasalliklari kabi o‘ziga xos kasalliklarni davolash uchun tobora samarali dori vositalari mavjud bo‘lgan dunyoda biz har doim hayot tarzini o‘zgartirish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish va uzoq umr ko‘rishda xuddi shunday samarali bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashimiz kerak”, — deydi Masey Banach.

От qwert.uz