Ayollar salomatligi va go‘zalligida to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega ekani barchaga ayon. Shunday ekan, bugun biz teri, soch va tirnoqlarning holatini yaxshilaydigan hamda erta qarishdan himoya qiladigan 3 muhim mahsulot haqida so‘z yuritamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Cosmopolitan

Jigar va til

Bugungi kunda reproduktiv yoshdagi ayollar ko‘p duch keladigan muammolardan biri – temir tanqisligi anemiyasidir. Ushbu kasallik organizmda temir yetishmasligiga olib keladi, natijada tirnoqlar mo‘rtlashadi, sochlar jilosini yo‘qotib, siyraklashadi, teri rangi oqarib ketadi.

Jigar va til tarkibida maxsus modda – gem mavjud bo‘lib, u temir atomi bilan bog‘langan, protoporfirin IX molekulasi hisoblanadi. Shuning uchun mol go‘shti, yoki tovuq jigarini, shuningdek, mol tilini muntazam ovqatlanish ratsioniga kiritish kamqonlik kasalligining oldini oladi.

Karam mahsulotlari

Brokkoli, oq karam, gulkaram, shuningdek, bryussel karami tarkibida B guruhi vitaminlari yuqori bo‘lgan sabzavotlar hisoblanadi. Mazkur vitaminlar ayniqsa asab tizimi uchun foydalidir. Shuningdek, karam immunitetni mustahkamlovchi xususiyatga ega bo‘lib, ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Sabzi

Qizil sabzi ayollarning yoshligi va go‘zalligini saqlashga yordam beradigan vitaminlarga boy mahsulot bo‘lib, ulardan eng muhimi – vitamin E qarish jarayonini sekinlashtiradi va homiladorlar uchun foydalidir. Hafta mobaynida ichilgan bir stakan sabzi sharbati infarkt va insultning oldini olishda yaxshi profilaktika bo‘la oladi.

От qwert.uz