Nima uchun hojatxonaga smartfon bilan kirish mumkin emas?

Aksariyat odamlar hojatxonaga kirganda ham smartfonidan ajralmaydi. Vaholanki, ko‘pchilik telefon bilan hojatxonaga kirish qanchalik xavfli ekanini tasavvur ham qilolmaydi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Shifokorlar elektron gadjetlarga bu qadar bog‘lanib qolishdan jiddiy tashvishda va hojatxonada smartfon ishlatish qanday xavf tug‘dirishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Gemorroy (bavosil)

Dunyo proktologlari hojatxonada 10−15 daqiqadan ortiq o‘tirmaslikni tavsiya qiladi. Aks holda kasallik orttirib olish xavfi bor.

Biroq hojatxonaga smartfon olib kiradiganlarning aksariyati unitazda belgilanganidan ancha ko‘proq vaqt o‘tkazishga moyil bo‘ladi. Bunda har safar chanoq mushaklari ortiqcha zo‘riqib, to‘g‘ri ichakka haddan tashqari bosim o‘tkazadi.

Bundan tashqari, quymich nervining qisilib qolishi, kichik chanoq sohasida qon dimlanishi kabi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, to‘g‘ri ichak shilliq qavatining tuzilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Почему нельзя брать телефон в туалет: назвали главные опасности - sud.ua

Mikroblar va viruslar

Smartfon bilan hojatxonada o‘tirish nafaqat proktologlarni, balki infeksionist va virusologlarni ham tashvishga solmoqda.

Amerikalik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, suvni tushirish tugmasi bosilgach, unitaz ustida suv va najasdan iborat mayda zarrachali bulut hosil bo‘ladi va u butun xonaga 1,5 metr balandlikkacha tez tarqaladi. Og‘irligi va hajmi kichikligi tufayli bu bulut tomchilari havoda 20 soniyagacha muallaq turib, barcha sirtlarga cho‘kadi — kiyimingiz va teringizning ochiq joylariga tushadi. Bu esa ichak tayoqchasi, gastroenterit, norovirus, legionellyoz kabi ko‘plab kasalliklarning bevosita manbayidir.

Hojatxonadan so‘ng qo‘llaringizni yaxshilab yuvganingizda ham kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar smartfoningizda qoladi. Siz esa hech narsa bo‘lmagandek smartfondan foydalanishda davom etasiz, uni oshxona stoliga qo‘yasiz, yuzingizga tekkizasiz va shu tariqa kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroflora bilan aloqa qilib, o‘zingizni xavfli kasalliklarga duchor qilasiz.

author info

Hilola G‘iyosova

От qwert.uz