Har kungi 40−90 daqiqalik, maksimal yurak urish chastotasining 60−70% diapazonidagi mashgʻulotlar mushak massasini sezilarli yoʻqotmasdan, yogʻ massasini kamaytirish uchun etarli boʻlgan manfiy energetik balansga erishishga imkon beradi.
Manba: «Mail.ru Hi-Tech».

Aynan uzoq davom etadigan (40−90 daqiqa), yuqori intensivlikdagi emas, balki aynan shunday xarakatlar lipolizni eng kuchli faollashtiradi, bu esa oxir-oqibat ozishga olib keladi. Bu haqda TASS tanishib chiqqan Oziqlanish, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi federal tadqiqot markazining uslubiy tavsiyalarida aytiladi.
«Lipolizning eng yuqori darajadagi faollashuvi va substrat oksidlanishining uglevodli turidan yogʻli metabolizm turiga oʻtishi 30 daqiqa va undan ortiq vaqt davom etadigan aerob ishlarni bajarishda erishiladi, bu mushak ichidagi glikogen depolarining tugashi bilan bogʻliq. Semizlikdan aziyat chekadigan bemorlarda aynan uzoq davom etadigan (40−90 daqiqa), yuqori intensivlikdagi emas, balki aynan shunday yuklamalar yogʻ toʻqimasining eng samarali oksidlanishiga yordam beradi», — deyiladi xabarda.
Markazda har kungi 40−90 daqiqalik, maksimal yurak urish chastotasining 60−70% diapazonidagi mashgʻulotlar mushak massasini sezilarli yoʻqotmasdan, yogʻ massasini kamaytirish uchun etarli boʻlgan manfiy energetik balansga erishishga imkon berishi tushuntirildi.
Shu bilan birga, hujjatda kun davomida qisqa (2−10 daqiqalik) seriyalar koʻrinishidagi aerob faollik ham manfiy energetik balansni shakllantirishga va yurak-qon tomir oʻlimi xavfini kamaytirishga hissa qoʻshishi taʼkidlanadi.

