Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o’zining jismoniy holatini saqlashga yordam beradigan taom nomini aytdi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Getty Images

Ronaldu 40 yoshida ham ajoyib sport formasini saqlab turibdi. Bunda hujumchiga Portugaliyaning an’anaviy taomlaridan — bakalhau a bras yordam beradi. Ushbu taom tarkibida tuzlangan treska, piyoz, ingichka kesilgan kartoshka va tuxum kabi mahsulotlar bor.

Ronalduning o’zi ushbu taom haqida shunday deydi: “bu ovqat bolaligimni eslatadi va menga kuch beradi”.

Bakalhau a bras taomi

Futbolchi qat’iy parhezga amal qiladi. U odatda shakar hamda spirtli ichimliklarni oz iste’mol qilib, chanqoqni qondirish uchun faqat suv ichadi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Ronaldu “An-Nassr” tarkibida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda qatnashib, 28 gol va 4 golli uzatma muallifiga aylandi. Uning klub bilan shartnomasi 2025-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

От qwert.uz