Diyetolog Irina Pisareva qo‘shimchalar bilan boyitilgan paketli choylarning xavfliligi haqida ma’lum qildi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Pinterest

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar tomonidan rezavor va mevalarning tabiiy qismlari o‘rniga bo‘yoqlar qo‘shiladi. “Asosan, bu choylar turli xil ta’mga ega. Ko‘pincha odamlar ichganidan so‘ng allergiyaga duch keladi”, – deydi ovqatlanish mutaxassisi.

Mutaxassis paketlarga solingan choyni bo‘yalgan xushbo‘y suv bilan taqqosladi, ya’ni bu ichimlikda foydali mikroelementlar umuman yo‘q. Quyida ozuqaviy moddalarga boy uchta choy tavsiya etiladi. An’anaga ko‘ra, ko‘k choy eng foydalisi hisoblanadi, ammo boshqa alternativalar ham mavjud:

Assam

Ushbu nav hind choyi bo‘lib, kofeinning teri holatini yomonlashishi kabi salbiy ta’siridan qochib, qahva o‘rnini bosa oladi.

Roybush

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi: bu turdagi choy metabolizmni tezlashtiradi va yog‘ hujayralarining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi.

Gibiskus

Olimlar kuniga uch stakan gibiskus barglaridan tayyorlangan choy ichishni maslahat beradi – bu qon bosimini me’yorga keltiradi, shuningdek, yurak infarkt va insult xavfini kamaytiradi.

От qwert.uz