Avokado — tanamizning barcha tizimlarini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan haqiqiy darmondori. Har kuni bitta avokado iste’mol qilsangiz, sog‘lig‘ingizda qanday o‘zgarishlar bo‘lishini ko‘ring.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Getty Images

Xolesterin darajasini pasaytiradi

Avokado sog‘lom monoto‘yinmagan yog‘larga boy bo‘lib, ular vazn yo‘qotishga yordam beradi, shuningdek, xolesterin muvozanatini tartibga soladi, “yomon” xolesterin darajasini pasaytiradi, “yaxshi” xolesterinni oshiradi. Shuning uchun har kuni avokado iste’mol qilsangiz, yurak va qon-tomirlaringiz ishonchli himoya ostida bo‘ladi.

Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi

Avokadoda juda ko‘p kletchatkalar mavjud: kichik meva 10 grammni o‘z ichiga oladi, bu kunlik ehtiyojning deyarli yarmi. Kletchatka nafaqat ovqat hazm qilish tizimining normal ishlashi uchun zarur, balki to‘yinganlik tuyg‘usini uzoqroq saqlashga va qomatni saqlashga yordam beradi.

Immunitetni kuchaytiradi

Avokadoda infeksiyalarga qarshi kurashda yordam beradigan B vitaminlari, shuningdek, saraton kasalligining oldini oluvchi tabiiy antioksidantlar C va E vitaminlari ko‘p. Bundan tashqari, avokado tarkibida kataraktadan himoya qiluvchi antioksidantlar lutein va zeaksantin mavjud.

Uyquni yaxshilaydi

Avokadoda ko‘p bo‘lgan magniy stressga qarshi kurashishda yordam beradi. Uxlay olmasangiz yoki kechasi tez-tez uyg‘onsangiz, kechqurun bir oz avokado iste’mol qiling.

Teri yosh va yangi bo‘ladi

Avokadodagi boy vitaminlar va monoto‘yinmagan yog‘lar terini yosh va elastik saqlaydi, shuningdek, sochlarga yorqinlik qo‘shadi va hatto ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.

От qwert.uz