Bugun yon-atrofga nazar solsangiz, ko‘pchilik insonlarning quloqchinda musiqa yoki audiokitob tinglab ketayotganiga ko‘zingiz tushadi. Bu yaxshi, albatta. Ammo har narsaning foydali tomoni bo‘lgani kabi zarari ham yo‘q emas. Ayniqsa, quloqchindan noto‘g‘ri va uzoq vaqt foydalanish salomatlik uchun xatarlidir, debyozadi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. 

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Shundan kelib chiqsak, quloqchin orqali 100-120 detsibel o‘lchamdagi musiqa yoki audiokitobni tinglash eshitish qobiliyati uchun chinakam sinovdir.

Durdona Alimova
Foto: SSV matbuot xizmati

Sababi inson qulog‘i faqat qisqa muddatli baland tovushlardan himoya qilib, uzoq muddatli shovqin taʼsirida uning ichki qismi bosh miyaga tovushli xabarlarni yetkazolmaydi. Oqibatda eshitishda muammolar kuzatilib, hatto, uning yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.Shuningdek, quloqchinlardan muntazam va uzoq muddat foydalanish bosh og‘rig‘i, xotira susayishi, asabiylik, uyqusizlik, bosh aylanishi kabi muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Natijada miya tomirlaridagi spazmlar qon bosimining oshishiga olib keladi. Shu bilan birga, ularni tez-tez ishlatish tufayli quloqlarda mum yig‘ilib, tiqinlar hosil qiladi.

Quloqchin orqali musiqa tinglash, ayniqsa, bolalar uchun juda xavfli. Sababi ular ertalabdan kechgacha bu moslamani taqib, istalgan ovoz balandligini o‘rnatishlari mumkin. Shu bois 10-12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarga bunday eshitish vositasida musiqa tinglash tavsiya etilmaydi.

Kattalar esa ushbu moslamadan foydalanganda ovoz balandligini diqqat bilan nazorat qilishi kerak. Eshitish vositalaridan keladigan ovoz qabul qilinadigan darajada yoki yo‘qligini bilish uchun bir necha so‘zni baland tovushda aytish lozim. Agar ovoz eshitilmasa, demak tovushni pasaytirish zarur.

Qolaversa, atrofdagilarga musiqa eshitilmasligi kerak. Agar odamlar bilan muloqotda baqirib gapirish boshlansa, bu ovoz balandligidan darak beradi. Shuningdek, eshitish vositasidan kuniga 1,5 soatdan ortiq foydalanish tavsiya etilmaydi. Tovushni esa 60 foizdan oshirmaslik lozim.

От qwert.uz