Uyqusizlikda ruhan charchab, energiyaga to‘lmayapsizmi? Unda quyidagi 5 mahsulotni kundalik ovqatlanish rejimingizga kiriting va uyqusizlikdan qisqa muddatda xalos bo‘ling.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Pinterest

Suli yormasi

Odatda suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqalarni ertalab iste’mol qilishga odatlanganmiz. Aslida bunday taom nonushta uchun to‘g‘ri tanlov emas, chunki suli yormasi tarkibi tanani bo‘shashtiruvchi melatoninga boy va undan tayyorlangan bo‘tqa insulin ishlab chiqarilishini jadallashtiradi. Natijada tez uxlab qolishingizga yordam beradi.

Bodom

Bir hovuch bodom tarkibidagi triptofan, magniy tez va chuqur uyquga ketishingizga yordam beradi. Ushbu moddalarning ta’siri ostida mushaklar va asablar bo‘shashadi, yurak tezligi barqarorlashadi.

Olcha va gilos

Gilos shakar, organik kislotalar, vitamin va minerallarga boy meva bo‘lib, melatoninning tabiiy manbayi hisoblanadi.

Qora shokolad

Qora shokolad magniy, rux, temir, marganets, kalsiy, mis, oltingugurt, kaliy va ba’zi B guruhi vitaminlarini o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, tarkibidagi magniy va serotonin tanani bo‘shashtiradi va asabni tinchlantiradi.

Banan

Mazkur ekzotik meva tarkibidagi B6 vitamini tufayli uyqu sifatini yaxshilashi mumkin. Vitamin triptofanni serotoninga aylantiradi va shu orqali tana tinchlanadi.

От qwert.uz