Qora dog‘lari mavjud bananni iste’mol qilish nafaqat mumkin, balki zarur ekanligini bilarmidingiz? HealthShot yaxshi pishgan bananning ko‘plab foydali xususiyatlarga boy ekanligini tushuntirib berdi.

Dog‘lari bor banan – saratondan himoya vositasi

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Alamy

O‘simta nekrozi omili (Tumor necrosis factor – TNF) immun tizimi tomonidan ishlab chiqariladigan gormonga o‘xshash moddalar – apidokin va sitokinlar guruhining o‘ziga xos oqsilidir. Ushbu modda saraton kasalligini davolashda tibbiyotda keng qo‘llaniladi. U hayot uchun zarur bir nechta noyob himoya va gomeostatik funksiyalarga ega.

Banan po‘stlog‘idagi qora dog‘lar mevaning chiriganidan emas, balki pishganidan dalolat. Ushbu dog‘lar TNF (o‘simta nekrozi omili) ni ifodalaydi. TNF saratonga qarshi kurashuvchi modda bo‘lib, organizmdagi anomal hujayralar bilan kurashishga yordam beradi. Bananda qora-jigarrang dog‘lar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha foydali.

Yaxshi pishgan banan – tabiiy antioksidant manbai

Banan to‘liq pishib yetilganida antioksidantlarga boy bo‘ladi. Bunday meva viruslarga qarshi immunitetni oshirishga yordam beradi. Pishgan bananning antioksidant xususiyatlari ortishi bilan uning immunitet tizimini mustahkamlash qobiliyati ortishi uzviy bog‘liqdir.​

Magniyga to‘la banan – surunkali kasalliklarga qarshi samarali vosita

Foto: Pinterest

Banan tarkibida magniy miqdori u pishgani sari ortib boraveradi. Shu sababli banan yuqori qon bosimidan aziyat chekadiganlar uchun juda foydalidir. Yaxshi pishgan banan qon bosimini tushirishga yordam beradi, yurak kasalliklarida bemorni tinchlantiradi, depressiya, ovqat hazm qilish tizimi va ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.

Yetilgan banan – tabiiy antatsid

Bir dona banan yeb olish jig‘ildon qaynashini kamaytiradi, chunki uning tarkibida mutlaq tabiiy antatsid moddasi mavjud.

Qora dog‘li banan qabziyatni bartaraf qiladi

Pishgan bananlarni muntazam iste’mol qilish qabziyat simptomlarni kamaytiradi va har xil turdagi diareyadan xalos bo‘lishingizga yordam beradi. Yaxshi yetilgan bananlarda kletchatka miqdori ko‘p bo‘lganligi sababli, ular ich qotishini yengillashtiradi.

От qwert.uz