Parhezshunos Asiyat Xachirova non va un mahsulotlaridan butunlay voz kechish orqali bir oy ichida 2–4 ​​kilogrammgacha vazn tashlash mumkin ekanligi haqida ma’lumot berdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Eatthis.com

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, un mahsulotlari va xamirturushli nonlar yuqori kaloriyaga ega bo‘lib, ularning ozuqaviy qiymati juda past. Shu sababli ushbu mahsulotlar iste’molidan so‘ng to‘yinganlik hissi uzoqqa cho‘zilmaydi. Natijada ular yanada ko‘p va ortiqcha kaloriya iste’mol qilishga undaydi.

“Non mahsulotlari oliy navli va sifatli undan tayyorlanadi, bu ularning yuqori kaloriyali ekani hamda ozuqaviy qiymati kamligidan dalolat beradi”, deydi mutaxassis.

Diyetolog fikricha, non va un mahsulotlari iste’molini to‘liq cheklash vazn tashlashni kafolatlaydi, chunki ularning o‘rniga boshqa turdagi oqsil va uglevodlarga boy hamda uzoq vaqtga to‘yinganlik hissini beruvchi mahsulotlarni topish oson.

Foto: Lisa.ru

Masalan, non o‘rniga ratsionga grechka, suli yormasi, perlovka, guruch va qattiq bug‘doy navidan tayyorlangan makaronlarni kiritish mumkin. Ularning ozuqaviy qiymati yuqori bo‘lib, organizmni ortiqcha urintirmay ozishga yordam beradi.

“Bunday turdagi mahsulotlardagi uglevodlar to‘yimli va foydalidir”, deya xulosa qildi diyetolog.

От qwert.uz