Uyqu sifati Alsgeymer kasalligi xavfiga ta’sir qiladi — olimlar

Sifatli uyqu nafaqat organizmning dam olishi, balki miya salomatligini saqlashda ham muhim ahamiyatga ega. Olimlarning yangi tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, yaxshi uyqu ayrim odamlarda Alsgeymer kasalligi rivojlanishiga irsiy moyillikning salbiy ta’sirini

kamaytirishi mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: AI/ScienceDaily.com

Tadqiqotda o‘rtacha yoshi 75 bo‘lgan 351 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Olimlar bir necha yil davomida ularning uyqu sifati, xotira va fikrlash qobiliyati, miya holati hamda genetik xususiyatlarini kuzatib bordi.

Natijalarga ko‘ra, ayrim gen variantlariga ega odamlarda kam uxlash yoki uyquning sifatsiz bo‘lishi miya to‘qimalarining tezroq kichrayishi va xotiraning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Aksincha, sifatli uyqu bunday salbiy o‘zgarishlarni sekinlashtirishga yordam berishi mumkinligi aniqlangan.Foto: Magnific

Shu bilan birga, olimlar ayrim odamlarda genetik xususiyatlar va uyqu sifati birgalikda kasallik rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkinligini, biroq bu borada hali qo‘shimcha tadqiqotlar zarurligini ta’kidladi.

Mutaxassislar hozircha bunday genetik tahlillarni odatiy tibbiy amaliyotga joriy etishga erta ekanini aytmoqda. Biroq ular sifatli uyqu har bir inson o‘zi nazorat qila oladigan eng muhim omillardan biri ekanini eslatib, muntazam va to‘liq uyqu nafaqat miya salomatligini saqlash, balki yosh o‘tishi bilan xotira hamda fikrlash qobiliyatining pasayishini sekinlashtirishga ham yordam berishi mumkinligini qayd etdi.

author info

Komila Qalandarova

От qwert.uz